Farg‘ona tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan “Bo‘stonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Navro‘z sayli va belbog‘li kurash musobaqasi o‘tkazildi. Unda 2009-2010 yillarda tug‘ilgan yosh polvonlar olti vazn toifasida gilamga chiqishdi.
Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan mubosaqada o‘z vazn toifasida Abdurashid Adhamov, Jahongir Musayev, Murodjon Ortiqov, qizlar o‘rtasida Shodiyabonu Yaqubova, Munisa Muhammadjonovalar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishdi. Mutlaq vaznli yosh polvonlar bellashuvida Sayyodbek Saydakbarovga teng keladigani topilmadi.
“Mahalla” XJF viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari