• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Iqtisodiyot

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

  • 04.04.2022 / 11:29
  • 282
  • 0
111

Bugungi kunda elektr energiyasi insoniyat uchun qay darajada muhimligi, uni tejash, oqilona foydalanish muhimligi barchamizga ma’lum.

Qo‘qon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Ming afsuski, doimiy olib borilayotgan mana shunday tadbirlar natijasida hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Birgina Qo‘qon shahrida 167 ta elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan boʻlib, mazkur qoidabuzarliklar yuzasidan 671,8 mln. soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Ushbu raqamlardan koʻrinib turibdiki, oramizda  beminnat dastyorimizga, kundalik turmushimizning ajralmas bir qismiga aylangan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari hali ham davom etmoqda.

Hurmatli barcha turdagi elektr energiyasi isteʼmolchilari!

“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Siz, azizlardan elektr energiyasidan qonuniy, samarali va oqilona foydalanishingizni soʻrab qoladi.

Maʼlumot oʻrnida aytmoqchimizki, jamiyat tomonidan hududlarda elektr energiyasidan oqilona va xavfsiz foydalanish boʻyicha reyd tadbirlari, targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

“Fargʻona HETK” AJ matbuot xizmati

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar