• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Bugunning dolzarb mavzusi: energiya samaradorlikni oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanish sohasida imtiyozlar!
Iqtisodiyot

Bugunning dolzarb mavzusi: energiya samaradorlikni oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanish sohasida imtiyozlar!

  • 05.04.2022 / 13:23
  • 2108
  • 0
111

Kuni kecha Farg‘ona shahri “Tadbirkorlar markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona xududiy bo‘limi hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xamkorlikda tashkil etilgan viloyatda energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanishni joriy etish yuzasidan viloyatdagi yirik sanoat korxonalari mutaxassislari, ishbilarmon va tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.07.2020 yildagi PQ-4779-sonli "Iqtisodiyotning energetika samaradorligini oshirish oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori mohiyati va belgilangan vazifalar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida sohasidagi imtiyozlar va preferensiyalarni iste’molchilarga yetqazish, mavjud muammolar va ularni yechimlari yuzasidan  o‘tkazildi.

Energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bugungi kunda mamlakatdagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, shuningdek, iste’molchilarning barcha qatlamlari tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilga qadar respublika miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi xajmining solishtirma ulushini 25 foizgacha bo‘lgan qismini qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali amalga oshirish talabi qo‘yilgan bo‘lib, xozirgi kunda ushbu sohada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Tadbir davomida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, sohasidagi davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha Energetika vazirligining mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish borasida maqsadli dasturlar ijrosini amalga oshirish borasida ustuvor vazifalar xaqida batafsil so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan savollarga javoblar berildi. Taklif va mulohazalari nazoratga olindi.                            

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar