• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Saxovatli amallar
Jamiyat

Saxovatli amallar

  • 12.04.2022 / 16:22
  • 157
  • 0
111

Bag‘rikenglik, insonparvarlik halqimizga xos fazilatlardan. Qadri baland qadriyatlarimiz muborak Ramazon oyida yanada quloch yoymoqda. Muazzam kunlarda bir maqsad yo‘lida jipslashib, muhtojlarga mehr-saxovat ko‘rsatish an’analari bardavom bo‘lmoqda.

 Farg‘ona shahridagi “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘inida umrguzaronlik qilayotgan Shavkatjon Ro‘zimatovni mahalla faollari yo‘qladi. Bu bejiz emas. Oila ijtimoiy himoyaga muhtoj. Bir xonali uyda ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan yashaydi. Bir nafar farzandining yuragi xasta. Kichik jarrohlik amaliyoti o‘tash uchun moddiy ko‘mak kerak. Oilaning bu boradagi qilgan murojaatiga ijobiy yechim topildi.

“Mahalla” xayriya jamoat Farg‘ona shahar bo‘linmasi qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan jarrohlik amaliyoti uchun 8 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

 “Nafosat” MFYda istiqomat qilayotgan Dilshoda Saidaxmedova keksa onasini davolashga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Ishsiz, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Uning iltimosi ham qanoatlantirildi. Davolash uchun kerakli mablag‘ ajratib berildi.

 – Mehr-saxovatga to‘la amallardan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘plab kishilar bahramand bo‘lmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona shahar bo‘linmasi raisi Abuhalil Mullajonov. – Shu kunga qadar davolanish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan 51 nafar fuqarolarga amaliy yordam berildi. Bu maqsadlar uchun 235 mln 619,6 ming so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi. 229 nafar ijtimoiy ahvoli og‘ir fuqarolarga 115 mln so‘mdan ortiq naqd pul shaklida bir martalik moddiy yordam ajratildi. Shuningdek, yakka-yolg‘iz, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilyapti.

 “Mahalla” XJF viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar