• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Voqealar Oltiariqda “Gentra”ni tosh bilan urib, oynalarini sindirgan shaxslar yuzasidan izoh berildi
Voqealar

Oltiariqda “Gentra”ni tosh bilan urib, oynalarini sindirgan shaxslar yuzasidan izoh berildi

  • 12.04.2022 / 17:43
  • 487
  • 0
111

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 10-yanvar kuni Oltiariq tumani Qapchug‘ay MFYda yashovchi M.X. o‘z xonadoni oldida fuqarolar Z.M, G.K hamda S.M ismli ayollar bilan uy-joy masalasidagi kelishmovchiliklari yuzasidan janjallashib ketishgan. Janjal vaqtida ayollalardan biri M.X ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinaning oynalarini sindirib, ziyon yetkazganligi uchun M.X ayollarga tegishli “Gentra” avtomashinasining oynalarini sindirib ziyon yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasida 5 nafar fuqarolar “ENGIL” shikastlanganligi ko‘rsatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida “Matiz” rusumli avtomashinaga 1 547 709 so‘m, “Gentra” rusumli avtomashinaga 8 964 254 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.

To‘plangan hujjatlar yuzasidan fuqarolar M.X, S.M, M.K, va Z.Mlarning harakatlarida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi 52 va 612-moddasi tegishli qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganligi sababli, to‘plangan hujjatlar qonuniy xal etishlik uchun Oltiariq tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

Bundan tashqari tomonlar o‘rtasidagi yer-joy, mol-mulk, oldi-berdi masalasi yuzasidan Oltiariq tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar