• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Chilgi hosil uchun harakat boshlandi
Iqtisodiyot

Chilgi hosil uchun harakat boshlandi

  • 16.04.2022 / 22:08
  • 2137
  • 0
111

Qo‘shtepada pillachilik mavsumi yumushlari qizg‘in pallaga kirmoqda. Tumanda qishloq xo‘jaligining chilgi hosili – pillachilik mavsumi yumushlari jadal davom etmoqda. Keyingi yillarda ipak qurti uchun yetarli ozuqa bazasi shakllantirildi. Yangi tut plantatsiyalari tashkil etilib, yiliga uch, to‘rt marotaba hosil olish imkoniyati yaratildi.

– Bu yilgi ilk mavsumda 2044 quti ipak qurtidan 116 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi olishni rejalashtirganmiz, – deydi Qo‘shtepa “Agropilla” MChJ rahbari Avazbek Muhammadov. – Buning uchun 313 ta fermer xo‘jaligi, 100 nafardan ziyod kasanachilar bilan shartnomalar imzolandi. Hozirgi kunda hududlarga biriktirilgan pillachilik agronomlari ko‘magida ipak qurti parvarishi bir maromda olib borilmoqda.

Qo‘shtepalik pillakorlar bu yil ham mo‘l “kumush tola” yetishtirishdek ezgu maqsad yo‘lida astoydil mehnat qilishmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar