• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Firibgarlik – nafsga qullik demak
Huquq

Firibgarlik – nafsga qullik demak

  • 20.04.2022 / 16:57
  • 1950
  • 0
111

Farg‘onalik M.M. ikki nafar farzandning onasi. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha bor sudlangan. Bir xatoga qo‘l urgach, u o‘z hayotining osuda damlarini qadrlab, halol mehnatga qaytmadi. Aksincha, qayta-qayta “qorong‘i yo‘l”larga kiraverdi. Firibgarlik qilib o‘zgalarning mol-mulkini o‘zlashtirish payida “tadbirkor”, “sotuvchi” qiyofalarida turli hiylalarni o‘ylab topdi. 

Jumladan, 2019 yilning mart oyida S.P.ni ishonchiga kirib, unga o‘zi ishlayotgan joydagi ishchilarga xizmat kiyimlari va boshqa mahsulotlar kerakligini aytib, 11.500.000 so‘mlik mahsulotlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu bilan cheklanmay, o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2020 yil dekabr oyida M.Axunovani yashash xonadoniga borib, o‘n kun ichida pulini berish sharti bilan ishonchiga kirib, aldab, jami 5.143.000 so‘mlik kiyim-kechak va parfyumeriya mahsulotlarini oladi.  Keyingi “o‘ljasi” O.Axunova bo‘ldi. Uning savdo do‘koniga borib, pulini bir oy muddatda bo‘lib-bo‘lib berish sharti bilan 35.000.000 so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘zlashtirdi.  2021 yil aprel oyida esa tanishi Sh.Siddiqovni 9.500.000 so‘mlik kolbasa mahsulotlarini qo‘lga kiritib, chuv tushirib ketadi.  “Kasbi”ni hadisini olgan ustomon ishga shunchalik berilib ketadiki, A.Alijonovning savdo do‘konidagi 9.000.000 so‘mlik 12 dona velosipedlarini, X.Abduxaliqovaning 25.500.000 so‘mlik mebellarini, A.Xolmatovning  16.000.000 so‘mlik turli xildagi bolalar o‘yinchoqlarini  “ko‘rdim demadi”.

J.Mamajonovga esa o‘zini katta savdo do‘konlariga kir yuvish mahsulotlarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi firma egasi sifatida tanishtiradi. Sotilgan kir yuvish mahsulotlari uchun bonus tariqasida do‘konlarga sport anjomlarini tarqatishini aytib, uning 107.600.000 so‘m miqdoridagi sport anjomlarini qo‘lga kiritadi.

Sh.Zulimovaga o‘zini fitnes klub ochayotganini aytib, pulini uzog‘i bilan bir haftada berishiga ishontirib, 24.800.000 so‘mlik fitnes anjomlariga ega chiqadi.

 Ammo, olg‘irning qilmishlari ko‘pga cho‘zilmadi. U sudda mazkur yo‘lga kirishiga farzandi kasalligini, pullarni uni davolatishga sarflaganini aytib, qilmishidan pushaymonligi, qonuniy yengillik berishini so‘radi.

Sud sudlanuvchiga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan  5 (besh) yil, ilgarigi hukm yuzasidan tayinlangan jazo muddatining o‘talmay qolgan muddatini qisman qo‘shish yo‘li orqali uzil-kesil o‘tash uchun 6 (olti) yil 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 110 baravari, ya’ni 24.530.000 so‘m jarima jazosi tayinladi.

Shuningdek, sudlanuvchidan jabrlanuvchilar foydasiga jami 202.400.000 so‘m moddiy zarar undirishni belgiladi.

Sh.MADUMAROV,

   Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining raisi.

                                                                                             

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar