• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Sudyalar suhbati mazmunli bo‘ldi
Huquq

Sudyalar suhbati mazmunli bo‘ldi

  • 28.04.2022 / 13:18
  • 257
  • 0
111

Farg‘ona shahar “Beruniy” MFY binosida Farg‘ona viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyalari I.Tursunov va M.Ummatovalar tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida sudyalar kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi.

Viloyat sudining sudyasi I.Tursunov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda “Korrupsiya – davr kushandasi” mavzulari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirish berib o‘tdi.

Shundan so‘ng viloyat sudining sudyasi M.Ummatova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi 87-sonli Farmonining mazmun va mohiyati hamda ushbu farmon asosida xotin-qizlarga yaratilishi belgilangan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, sudyalar tomonidan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar, O‘RQ 756, 758, 759, 760 va 761-sonli qonunlarning mazmuni bo‘yicha gapirib berdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.  Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar