• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Nafs quliga aylangan imom…
Huquq

Nafs quliga aylangan imom…

  • 30.04.2022 / 13:30
  • 942
  • 0
111

Bosh Qomusimizning 63-moddasida belgilanganidek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat va davlat muhofazasida.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

Darhaqiqat, oila mustahkamligi, unda voyaga yetadigan farzandlarning kelajagi nikohning qonuniyligiga har jihatdan bog‘liq. Bu oilaning huquqiy va ijtimoiy masalalarining qonuniy muhofaza etilishiga xizmat qiladi, muqaddas qo‘rg‘onning mustahkamligini ta’minlab, jamiyat bo‘g‘iniga aylantiradi.

Ammo ayrim kimsalarning buni anglab yetmasligi va belgilangan mezonga rioya etmasligi esa o‘ziga “qimmatga tushadi”.

Sh.Roziqov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Farg‘ona tumanidagi jome masjidlaridan birida 32 yildan buyon imom noibi vazifasida ishlab kelgan. 2021 yilning 4 iyunida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi tomonidan Sh.Roziqovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish) bilan unga nisbatan jarima jazosi tayinlangan bo‘lsa-da, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaganligi uni jinoyat ko‘chasiga yetakladi.

2021 yilning 24 iyun kuni uning oldiga mahalla oqsoqoli N.Maripov va o‘zini “Jamshid” deb tanishtirgan shaxs kelib, fuqaro Sh.Rustamovaga uylanmoqchiligini, shu sababli shar’iy nikohlab qo‘yishini iltimos qiladi. Imom noibi esa rozi bo‘lib, “kelin”ning tog‘asi xonadonida “vazifasi”ni ado etadi. Nikoh o‘qilishidan oldin FHDYO tomonidan berilgan guvohnoma mavjudligi haqidagi savoliga “kuyov”ning “hozir siz nikohni o‘qib turavering, biz keyinroq qonuniylashtiramiz” degan javobini eshitib ham, to‘g‘ri qarorni qabul qilmaydi.

Oqibatda qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi. Sh.Roziqovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Feruza Siddiqova, Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar