• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi qachon va qay tartibda o‘tkaziladi?
Siyosat

Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi qachon va qay tartibda o‘tkaziladi?

  • 06.05.2022 / 13:46
  • 5492
  • 0
111

Qonunchilikda saylovni o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingandan 2 oy o‘tib saylov boshlanishi belgilangan. Shunga ko‘ra, 16-mart kuni Oliy Majlis Senati Kengashining “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lsa, demak, 16-maydan saylovni boshlashga ruxsat beriladi.

Mahallada o‘tkaziladigan saylov 5 kun oldin shu mahalla ahli uchun eʼlon qilinishi kerak. Hokimning ruxsati bilan, aholining tavsiyasi va ishchi guruhining roziligi bilan ruxsat berilgan nomzodlarning ism-familiyasi, rasmi va dasturi mahalla idorasining oldiga aholi ko‘radigan joyga ilib qo‘yiladi va vaqti, kuni hamda saylov bo‘lib o‘tadigan joyigacha ko‘rsatiladi.

Ushbu saylovda fuqarolarning vakillari ovoz beradi. Bunda vakillar soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini tashkil etadi. Deylik, bunday holatda mahallada yashovchi o‘rtacha 3 ming saylovchi nomidan 360 vakilning saylovda ishtirok etishi taʼminlanadi.

Saylov kuni avvalo nomzodlarning hisobotlari eshitiladi. Yaʼni, mahalla uchun nima qilib bera oladi, qanday ishlarni amalga oshiradi? Bu boradagi hisoboti tinglangandan keyin vakil kabinaga kirib, byuletenni to‘ldiradi va urnaga tashlaydi. Byuletenlarni sanash shu yerning o‘zida - vakillarning ko‘z o‘ngida amalga oshiriladi. Natijalar ham shu yerning o‘zida eʼlon qilinadi. Аgar to‘plangan ovoz 50 foizga yetmasa, qayta ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar