• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Faxriylar yashil maydonda bellashdilar
Sport

Faxriylar yashil maydonda bellashdilar

  • 11.05.2022 / 02:02
  • 92
  • 0
111

Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol yosh va chegara tanlamaydi.

Qo‘qon shahrida o‘zbek futbolining 110 yilliga bag‘ishlab o‘tkazilgan futbol turnirida 55 yoshdan 65 yoshga bo‘lgan futbolchilar o‘zaro kuch sinashdi.

Qo‘qon shahar hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, sportni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan turnirda Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan faxriy futbolchilar yashil maydonda o‘zaro kuch sinashdilar.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnirda Andijon viloyati faxriylaridan tarkib topgan futbolchilarning qo‘li baland keldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Qo‘qon va Namangan viloyati sportchilariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar