• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Muammo borki, yechimi bor – Baxtiyor Saidov
Fan va ta'lim

Muammo borki, yechimi bor – Baxtiyor Saidov

  • 12.05.2022 / 08:56
  • 115
  • 0
111

Xalq ta’limi vaziri kutilmaganda Farg‘ona shahridagi 6-maktabga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari Farg‘ona viloyatidagi muammolarni va maktablar faoliyatini o‘rganmoqda. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 11 may kuni kutilmaganda Farg‘ona shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Shaharning qoq markazida joylashgan maktab e’tiborga muhtoj va ta’mirtalabligi bilan diqqat-e’tiborni o‘ziga tortadi. Ushbu maktab 900 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, 4 qavatli 1 dona o‘quv binosida 2500 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan holatini vazir o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi.

Baxtiyor Saidov tasodifiy kirib borishiga qaramasdan, o‘quv jarayoni ikki navbatli tizim asosida shakllantirilgani, darslar o‘z vaqtida o‘tilayotganini e’tirof etdi. Darsxonalarga kirib o‘quvchilar bilimini tekshirdi, eng aqllilariga planshet sovg‘a qildi.

– Biz maktabdan umidimizni uzgan edik, ko‘rib turibsiz, xonalar muammo, shuncha o‘quvchiga 60 ta sinfxona, qo‘shimcha bino quramiz deganingiz, kutilmaganda kirib kelib muammoga tik qaraganingizni o‘zi biz o‘qituvchilarga katta kuch bag‘ishladi. Sizga cheksiz tashakkurlar aytamiz, – dedi musiqa fani o‘qituvchisi Nasiba Tashlanova.

Xalq ta’limi vaziri B.Saidov tashrif davomida Farg‘ona tumanidagi 2020 yilda 420 o‘quvchiga moslab qurilgan ta’lim muassasasi, Quva tumanidagi 14, 52-sonli, Toshloq tumanidagi 1968 yilda dala shiyponi shaklida qurilgan rekonstruksiyaga muhtoj 33-sonli maktabda, Farg‘ona shahridagi 1963 yilda barpo etilgan, 280 o‘quvchiga mo‘ljallangan 86-sonli alohida ta’limga muhtoj shaxslarga ixtisoslashtirilgan ta’mirtalab maktabni, viloyat “Barkamol avlod” bolalar markaziga borib, holat bilan tanishdi.

Kelgusi yilda shahar va tuman hududida ehtiyojlardan kelib chiqib 2 tadan yangi maktablar barpo etilishi, 6-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish masalasini viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda mahalliy dasturlarga kiritish belgilandi.

86-sonli maxsus maktabni yil oxirigacha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlanib, sharoitlari yaxshilanishini aytib o‘tdi. Bu maktabda kuzatuv kamera nazoratini kuchaytirish, bolajonlarga dars berishda mehr bilan yondashish zarurligini alohida ta’kidladi. Viloyat “Barkamol avlod” maktabiga iqtidorli bolalar qamrovini ko‘paytirish va ularni faol rag‘batlantirish, ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Bugun yuqoridagi kabi muammolarga 1-rahbarning shaxsan o‘zi e’tibor qaratishi, sa’y-harakatlar qog‘ozlarda emas, amalda natija berishini istashi, albatta quvonarli hol. Bu kabi islohotlar O‘zbekiston bo‘ylab davom etayotgani va bu ishlar inson qadriga qaratilgani ahamiyatlidir.

 

Shermuhammad Dehqonov,

huquqshunos bloger.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar