• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Qonunlarga yo‘l ham bo‘ysunadi” oyligining o‘ziga xos hikmati
Jamiyat

“Qonunlarga yo‘l ham bo‘ysunadi” oyligining o‘ziga xos hikmati

  • 19.05.2022 / 17:39
  • 576
  • 0
111

Ushbu sarlavhani yozmoqchi bo‘lgan maqola boshiga qo‘ydig-u, o‘ylanib qoldik-da... Sizlarga sodda va ravon qilib qanday tushuntirsak ekan-a?!

 

Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yil 15 may kunidan 15 iyun kuniga qadar “Qonunlarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy savodxonlik (!) oyligi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Keling, birgina Farg‘ona viloyati misolida yo‘l-transport xodisalari haqidagi raqamlarga yuzlanaylik-chi, qolgani bir gap bo‘lar...

 

Joriy yilning 4 oyi mobaynida Farg‘onada 357 ta yo‘l-transport hodisalari yuz berdi. Uning 60 tasi o‘lim bilan, 297 tasi esa jarohatlanish bilan yakunlandi.

Xususan, yo‘l-transport hodisalarining, e’tibor bering, 129 tasi yoki 36,1 foizi mahalliy yo‘llarda sodir etilgan.

Shuningdek, viloyatda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari 23,9 foizga kamaygan bir vaqtda, vafot etganlar soni 20 foizga oshib ketdi.

 

Xullas, “oshib ketdi...”, “vafot etdi...”, “og‘ir tan jarohati oldi...” larni uzoq davom ettirish mumkin. To‘liq tasavvur hosil bo‘lishi uchun mana shu raqamlarni mamlakatimiz miqyosiga ko‘paytirsangiz, kifoya.

 

Bizningcha, nima uchun ushbu oylik o‘tkazilayotganini to‘g‘ri tushuntira oldik...

 

Elyor Eksanov

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar