• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Boshqarma boshlig‘i maktab bitiruvchilarini qutladi
Fan va ta'lim

Boshqarma boshlig‘i maktab bitiruvchilarini qutladi

  • 25.05.2022 / 12:17
  • 645
  • 0
111

Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Farg‘ona tumanidagi 53-sonli o‘rta umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i To‘ychiboy Boymatov ishtirok etdi. U Prezidentimizning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga tabrigini o‘qib eshittirdi.

– Barcha bitiruvchilarni, maktab jamoasini va ota-onalarni tabriklayman. Kelgusida orzularingiz amalga oshishini tilayman. Katta hayot yo‘li ostonasida turgan o‘quvchilarimizga o‘zlari istagan kasb va hunar egallashlari, malakali kadrlar bo‘lib, yurtimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilishlarida zafarlar yor bo‘lsin, – dedi T.Boymatov barchani tabriklar ekan.

So‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlardan minnatdorligini, yuksak bilimli, intellektual salohiyatli yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liqligi xususida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Bitiruvchilar, turli tanlov va musobaqalarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kitoblar jamlanmasi, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar