• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Farg‘ona viloyatida davlat bog‘chalari mudiralari rotatsiya qilinadi
Fan va ta'lim

Farg‘ona viloyatida davlat bog‘chalari mudiralari rotatsiya qilinadi

  • 26.05.2022 / 17:10
  • 876
  • 0
111

Bugun, 26 may kuni Farg‘ona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasida 2021-yilda va 2022-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma boshlig‘i Yu.Xodjaeva tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qilgan maʼruzasida quyidagilarni maʼlum qildi.

Farg‘ona viloyatida 2022-yilda 3-7 yoshdagi bolalar soni 303 619 nafarni tashkil etib, umumiy hisobda 3 165 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (889 ta davlat va 2276 ta nodavlat) jami 249 509 ming nafar bolalar qamrab olindi. Qamrov ko‘rsatkichlari 82.2 foizga yetkazildi. Shundan 175 555 nafari davlat MTTlarida, 73 954 nafari nodavlat MTTlarida tarbiyalanmoqda.

Jumladan, 62 ta xususiy MTTlarda 5 367 nafar, 99 ta davlat sherikligidagi MTTlarda 10 142 nafar, 2 115 ta oilaviy shakldagi MTTlarida 58 445 nafar bolalar tarbiyalab kelinmoqda.

Rejaga muvofiq viloyatda yil yakuniga qadar qamrov ko‘rsatkchini 86 foizga yetkazish belgilangan. Shundan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan bolalar ulushini 25 foizgacha yetkazish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil etmoqda.

2021-yilda jami 6 yoshli bolalar soni 75 089 nafarni tashkil etib, shundan, 64 761 nafari (86.2%) maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat bo‘yicha 336 ta majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilib, ushbu guruhlarga 8 612 nafar bolalar qamrab olinib, maktab taʼlimiga tayyorlanmoqda.

2021-2022 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha viloyatdagi barcha tashkilotlarda tayyorgarlik ishlari olib borilishi uchun mahalliy byudjetdan jami 25,6 mlrd.so‘m mablag‘ joriy taʼmirlash ishlari uchun ajratilgan. Shu jumladan, birlamchi reja doirasida 50 ta taʼlim tashkilotlari tanlab olindi va taʼmirlash uchun 2,7 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirildi. Bugungi kunda ularning barchasida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Viloyat bo‘yicha 889 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 883 tasiga keng polosali internet tarmog‘iga ulash uchun kabel tortildi va internet tarmog‘iga ulandi, qolgan 6 tasiga kabelь tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda hamda yil yakunlariga qadar ularni nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda viloyatdagi 889 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 769 tasi zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Kompyuter bilan jihozlanmagan 120 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2022-yil mahalliy byudjet hisobidan rejalashtirilgan yil mahalliy byudjet hisobidan taʼminlash rejalashtirilgan.

photo_2022-05-26_16-26-51

Bundan tashqari viloyatdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan 227 tasi ADSL internet tarmog‘iga ulangan. Viloyatdagi 889 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan jami 748 tasiga 2 262 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan, 141 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlariga videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyati maktabgacha taʼlim tizimida 2022-yil 1-mart xolatiga jami pedagog xodimlar soni 20 228 nafarni (ulardan oliy maʼlumotli 5 813 nafar (28.7%), o‘rta maʼlumotlilar 14 415 nafarni (71.3%) tashkil qiladi.

Bu yil tajriba tariqasida Farg‘ona shahridagi davlat MTTlari mudiralarini rotatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqyapmiz. Sababi joylarda 20 yillab bir joyda mudiralik lavozimida ishlab kelayotganlar bor. Аlbatta, bitta odamning bir joyda uzoq yil rahbar bo‘lishi korruptsiyani keltirib chiqarmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi.

photo_2022-05-26_16-27-05

Farg‘ona viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi tasarrufida 14 ta pedagogika kollejlari mavjud bo‘lib, ularda 2020-2021-o‘quv yili uchun 619 ta grant, 3 842 ta to‘lov-shartnoma orqali, 2021-yil mart holatiga jami 4 461 ta o‘quvchi qabul qilingan.

2021-2022-o‘quv yilida qabul parametrlari uchun tegishli takliflar ko‘rib chiqilib, viloyatdagi pedagogika kollejlarida taʼlimning kunduzgi, sirtqi, kechki va dual shaklida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qilishda davlat granti asosida 347 nafar, to‘lov kontrakti asosida 8295 nafar, jami 8642 nafar o‘quvchilar uchun qabul kvotalari shakllantirildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javoblar berildi. Jumladan, MTTlarida taʼminot masalasi, kadrlarni joylashtirish, korruptsiyani oldini olish, hududlarda daraxtlar kesilishi va shu kabi savollarga javoblar olindi.

Vodiy24.uz таҳририяти

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar