• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Mehr ofatdan ustun
Jamiyat

Mehr ofatdan ustun

  • 26.05.2022 / 17:37
  • 246
  • 0
111

May oyi boshlarida yuz bergan yog‘ingarchilik So‘x tumanidagi “Navobod”, “Tul”, “Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashayotgan ayrim aholi tomorqa ekin maydonlarini zararladi. Yuzaga kelgan tabiiy ofat asoratlari o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Viloyat va tuman hokimligi tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgiladi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘limi boshqaruvi tashabbusi bilan sel oqibatida jabr ko‘rgan oilalar holidan xabar olindi, ko‘ngil so‘raldi. Jabr ko‘rgan fuqaro va ularning oila a’zolari uchun umumiy qiymati 60 000 000 so‘m bo‘lgan 250 dan ortiq 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

– Ko‘rsatilgan amaliy yordamdan cheksiz minnatdormiz, – deydi “Navobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Niholjon Jo‘raboev. – Tabiiy ofat yuz bergan kunidayoq tuman hokimligi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari kelib, har jihatdan yordam ko‘rsatishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Ayniqsa, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam ko‘nglimizni ko‘tardi. Mehr ofatdan ustun deganlari rost ekan. Qiyin damlarda yaqinlar mehrini yana bir bor his qildik. Hammalariga rahmat.

Mehr-saxovat tadbirlari doirasida tumandagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyalanuvchilari ham yo‘qlandi. ”Mahalla” xayriya jamoat fondi ko‘magida kichkintoylar uchun zarur kundalik buyumlar tuhfa qilindi.

 

 “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar