• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijon O‘zbekistondagi eng korruptsiyalashgan viloyat ekani ma'lum bo‘ldi
Jamiyat

Andijon O‘zbekistondagi eng korruptsiyalashgan viloyat ekani ma'lum bo‘ldi

  • 27.05.2022 / 15:06
  • 50
  • 0
111

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har oyda korruptsiyaga oid islohotlar natijadorligi va aholining korruptsiyaga murosasizligini baholashga qaratilgan reyting baholash ishlari olib borilmoqda. Agentlik axborot xizmatining xabar byerishicha, ushbu reyting baholash ishlari natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida barcha ko‘rsatkichlarda salbiy tendentsiya kuzatilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 2021-yilda 22 nafar shaxsga nisbatan 18 ta jinoyat ishi sudga yuborilgan. Ular o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste'mol qilish hamda pora olish kabi jinoyatlarni sodir qilgan.

Mazkur jinoyatlarga qo‘l urganlarning 4 nafari viloyat hokimligi, 18 nafari tuman va shahar hokimliklarining xodimlari hisoblanadi. Yig‘ilishda bu kabi raqamlar davlat rahbari boshchiligidagi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlarga soya solib, xalq ishonchiga putur etkazayotgani qayd etilgan.

Ushbu jinoyatlarning chiqish sabablari, hozir va kelgusida ularning oldini olish uchun ko‘riladigan choralar to‘g‘risida esa viloyat prokurori, mas'ul hokim o‘rinbosari axborot byerdi. Muloqotlar davomida viloyat Korruptsiyaga qarshi hududiy kengashi o‘z zimmasidagi vazifalarni samarali bajara olmayotgani ham tanqid qilingan.

Ta'kidlanishicha, 2021-yil yakunlari bo‘yicha Korruptsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining reyting baholash natijalariga ko‘ra, Andijon viloyati 9-o‘rinni egallagani ham shundan dalolat byerib turibdi.

“Bir oydan so‘ng 2022-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha hududlar xuddi shunday baholanadi va barcha natijalar ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinib, Milliy kengash yig‘ilishida muhokama qilinadi. Lekin bu davrda ham viloyat hududiy Kengashi tomonidan ijobiy natija ko‘rsatish uchun arzirli amaliy ish yoki tashabbusni ko‘rmayapmiz.

Kengash a'zolari korruptsiyaga qarshi kurashish borasida a'zo sifatidagi mas'uliyatni qanchalik his qilmoqda, viloyatda, o‘z tizimida korruptsiyani kamaytirish uchun qay darajada harakat qilmoqda – bu kabi savollarni Kengashning har bir a'zosi o‘ziga qayta va qayta byerishi kyerak, deb o‘ylayman”, - dedi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan kelgusida viloyatda korruptsiyaning oldini olish ishlarini takomillashtirish yuzasidan maqsad va vazifalar belgilab olingan. xususan, Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirishda e'tibor qaratilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan jihatlar atroflicha muhokama etilib, Kengash a'zolari mas'uliyatini oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishga kelishib olingan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar