• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionatida farg‘onalik sportchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Sport

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionatida farg‘onalik sportchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritishdi

  • 27.05.2022 / 16:26
  • 482
  • 0
111

Qo‘qon shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda Rossiya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 182 nafar eng kuchli yosh sportchilar qatnashdi.

Chempionatda o‘smirlar 11 ta vazn toifalarida, qizlar 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Natijalarga ko‘ra, umumjamoa sifatida O‘zbekiston 1-o‘rinni, Tojikiston 2-o‘rinni hamda Qirg‘iziston 3-o‘rinni egalladi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida farg‘onalik sportchilari ham ishtirok etib, jami 18 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

Shahriyor Muqimov, Faxriddin Muxammadjonov, Zahro Mahmudova oltin medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Ozodbek Salimov, Asadbek Dalilov, Ilyosbek Sotvoldiev, Elyorjon Abduraimov, Musharraf Murodalieva, Jumagul Erkinjonova kumush medallarga ega chiqdi.

Shuningdek, Najmiddin Umarov, Bunyodbek Rasulov, Abdullaziz Soyibov, Diyorbek Sattorov, Shukurillo Mamatkarimov, Mohlaroy Do‘smatova, Feruzabonu Murodilova, Nasibaxon Akbarova, Rayhonaxon Mamatkarimova bronza medallariga munosib ko‘rildi.

Jahon chempionati bahslari yakunlangach, tashkilotchilar tomonidan har bir vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 5 million so‘m, ikkinchi o‘ringa ega bo‘lgan sportchilarga 3 million so‘m, ikkita uchinchi o‘rinni egallagan polvonlarga 2 million so‘mdan pul mukofotlari hamda diplom va medallar topshirildi.

Musobaqa Farg‘ona viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar