• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Namangan va Farg‘onada tadbirkorlar aholiga ajratilgan unni sotib yuborgani aniqlandi
Huquq

Namangan va Farg‘onada tadbirkorlar aholiga ajratilgan unni sotib yuborgani aniqlandi

  • 09.06.2022 / 08:02
  • 193
  • 0
111

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar aholiga ajratilgan 65 tonnadan ko‘proq unni sotib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan tyergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. “P.Z.” MChJ rahbari S.x. aholi uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgan.

Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tyergovga qadar tekshiruvda “A.U.” XK rahbari A.A. hamda “A.R.” va “T.M.” XKlarining norasmiy rahbari M.O.lar uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholiga ajratilgan 10,1 tonna unni Marg‘ilon shahri hududida bozor narxida sotib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tyergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar