• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Qo‘qonda yana bir yangi xalqaro institut tashkil etiladi
Fan va ta'lim

Qo‘qonda yana bir yangi xalqaro institut tashkil etiladi

  • 10.06.2022 / 11:27
  • 180
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi muassisligidagi Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etilishi belgilandi. Mazkur institutga xalqaro taʼlim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 2022-yil yakuniga qadar Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etish, uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish topshirilgan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar