• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Soliq qarzdorligi sabab tadbirkorlarning 48 mlrd. so‘mlik mol-mulki xatlovga olindi
Iqtisodiyot

Soliq qarzdorligi sabab tadbirkorlarning 48 mlrd. so‘mlik mol-mulki xatlovga olindi

  • 10.06.2022 / 11:50
  • 204
  • 0
111

Turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Joriy yil iyun oyi boshidan hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirlar natijasida soliqdan qarzdorligi mavjud bo‘lgan 12 ta tadbirkorlik subyekti 1,2 mlrd. so‘m miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirdi.

Xususan, Farg‘ona tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "Qo‘rg‘on sifat" MChJ vakillari bilan mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida 310 mln. so‘m miqdoridagi soliqlar davlat byudjetiga to‘lab berildi.

Farg‘ona shahridagi "Sayyor-2017" MCHJdan esa 201 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Bundan tashqari, qarzdorligi katta bo‘lgan 36 ta subyektning qariyb 48 mlrd. so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.

Qo‘shtepa tumanidagi “Texmashservis” MChJning 1,2 mlrd. soliq qarzdorligi uchun jamiyatning bino inshootlari xatlanib, muxrlandi.

Uzoq vaqtdan buyon soliqlar to‘lanmasligi natijasida 5,8 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorligi yuzaga kelgan “Issiqlik manbai” DUKning ham bino-inshootlari xatlovga olindi.

O‘zbekiston tumanida olib borilgan tadbirlarda esa "Sho'rsuv g'isht zavodi" MCHJning 82,0 mln.so'm soliq qarzi hisobiga jamiyatga tegishli “Nexia” rusumli transport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash joyiga olib kirildi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar