• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Marg‘ilonda giyohvandlik vositasini sotgan ayol 7 yilga “kesildi”
Huquq

Marg‘ilonda giyohvandlik vositasini sotgan ayol 7 yilga “kesildi”

  • 10.06.2022 / 15:58
  • 336
  • 0
111

Bu turdagi jinoyatlarni asosan erkak kishilar tomonidan sodir etilishi kuzatiladi. Biroq, bu ajal og‘usini muomalaga kiritishni oֹ‘ziga kasb qilib olgan ayollar ham yoֹ‘q emas.

Jinoyat ishlari boֹ‘yicha Marg‘ilon shahar sudining 2021-yil 23-dekabrdagi hukmi bilan 1989 yilda tug‘ilgan, ikki nafar farzandning onasi, Tojikiston fuqarosi G.Yusufovaga JK 273-moddasining 5-qismi bilan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudning hukmiga koֹ‘ra, Farg‘ona viloyati IIB JQB, Marg‘ilon shahar IIB JQB va Marg‘ilon shahar DXX xodimlari tomonidan 2021-yil 12-avgust kuni oֹ‘tkazilgan nazorat xarid tadbiri davomida, G.Yusufova Marg‘ilon shahar 3-sonli Sil kasalliklari shifoxonasi oldida maxsus xaridorga koֹ‘p miqdordagi 335 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 80.000.000 soֹ‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanib, koֹ‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini sotganlikda aybli deb topilgan.

G.Yusufova tomonidan sudning hukmiga nisbatan kiritgan apellyatsiya shikoyati Farg‘ona viloyat sudi jinoyat ishlari boֹ‘yicha apellyatsiya instantsiyasi tomonidan koֹ‘rib chiqilib, sud hayʼatining 2022-yil 8-fevraldagi ajrimi bilan, birinchi instantsiya sudi tomonidan unga oid jinoyat ishini qonuniy, asosli va adolatli koֹ‘rib chiqqan, deb baholanib, sud hukmi oֹ‘zgarishsiz qoldirildi.

Аgar oֹ‘z vaqtida uning harakatlari toֹ‘xtatib qolinmaganida, qancha oilaning boshiga kulfatlar keltirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Аyni holatda ham sud tomonidan qonun ustuvorligi taʼminlanib, aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qonuniy jazo tayinlandi.

Giyohvandlik asr vabosi. Zamonaviy dunyoda insoniyat uchun real xavf tug‘dirayotgan tahdidlardan eng xavfliligi va oxirini aniq baholab boֹ‘lmaydigani shubhasiz bu giyohvandlik balosidir. Oֹ‘sib kelayotgan yosh avlodni ushbu balodan asramas ekanmiz, bizni kelajakda katta muammolar qarshi oladi. Jamiyat tom maʼnoda tanazzulga uchraydi, giyohvandlik muammosi bugungi kundagi hal qilishimiz zarur boֹ‘lgan eng katta vazifa boֹ‘lmog‘i lozim.

Darhaqiqat, barcha dunyo mamlakatlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi toֹ‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan. Mamlakatimizda ham giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarjinoyat qonunchiligiga alohida bob sifatida kiritilgan.

Jumladan, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish;

- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash,

- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oֹ‘tkazish maqsadini koֹ‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oֹ‘tkazish;

- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish;

- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;

- giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oֹ‘tkazish maqsadini koֹ‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar uchun jinoiy javobgarliklar belgilangan.

Mazkur jinoyatlar ayrim turlari og‘ir va oֹ‘ta og‘ir jnoyatlar tasnifiga kiritilgan boֹ‘lib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qoֹ‘llanishi mumkin.

Аbror Аkramov

Farg‘ona viloyat sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar