• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Telefon o‘g‘irlagan shaxsga jazo tayinlandi
Huquq

Telefon o‘g‘irlagan shaxsga jazo tayinlandi

  • 13.06.2022 / 07:35
  • 328
  • 0
111

Sudlanuvchi A.Ergashev, muqaddam bir necha bor sodir qilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun o‘ta xavfli residivist deb topilib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazoni o‘tab kelganidan so‘ng, yana jinoyat sodir qilish rejasini tuzgan.

Tuzilgan jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida, u o‘ta xavfli residivist bo‘lgani holda, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 2021 yil 15 dekabr kuni soat 17:30 larda N.Komilovning Farg‘ona shahar, Tadbirkorlar ko‘chasi, 89-uydagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi oldiga kelib, atrofda va shoxobcha ichida hech kim yo‘qligidan foydalanib, ushbu binoga eshik orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bino ichidagi stol ustida bo‘lgan 2.000.000 so‘mlik “Samsung A32” rusumli va 10.000.000 so‘mlik “Samsung S21 ultra 5S” rusumli telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinib, keyinchalik ushbu telefon apparatlarini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, tanishi R.Asqarovga 360 AQSH dollariga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2022 yil 17 martdagi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.Ergashevga sodir qilgan jinoiy qilmishi uchun
O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan
8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Dilshoda Ergasheva,

jinoyat ishlari bo‘yicha

 Farg‘ona shahar sudining

sudya yordamchisi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar