• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat O‘z do‘stini tunagan edi...
Jamiyat

O‘z do‘stini tunagan edi...

  • 13.06.2022 / 07:41
  • 445
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi.

O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish yoki o‘g‘rilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biridir. O‘g‘rilik, statistika ko‘rsatishicha, o‘zganing mul­kini talon-toroj qilishning eng keng tarqalgan usulidir va bu uning ijtimoiy xavfliligini oshiradi.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur jinoyat bugungi kunda fuqarolar tomonidan turli usullarda sodir etilmoqda.

Xususan, sudlanuvchi V.Isaev muqaddam sudlanib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 2021 yil 23 avgust kuni soat 17:00 larda Farg‘ona shahar, A.Yassaviy ko‘chasida joylashgan “Shashlik-mashlik” nomli oshxonada tanishi R.Ro‘ziev bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, R.Ro‘zievning mast holda uxlab qolganidan foydalanib, egnidagi shimining cho‘ntagidan unga tegishli 2.000.000 so‘mlik “Samsung A-50” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilib, voqea joyidan yashirinib, ushbu telefonni noma’lum shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, V.Isaev o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 2021 yil 24 oktabrdan 25 oktabr kuniga o‘tar kechasi soat 1:00 larda Farg‘ona shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 27-uy, 48-xonadon oldiga kelib, ushbu xonadonda ancha vaqtdan buyon hech kim yashamay kelayotganiga ishonch hosil qilib, xonadonda bo‘lgan mol-mulklarni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ulardan o‘zining ehtiyoji yo‘lida foydalanish uchun yonida bo‘lgan temir otvyorka bilan xonadon eshigini ochmoqchi bo‘lib harakat qilgan va mazkur temir eshik qulfini buza olmagani sababli jinoiy faoliyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmasdan, voqea joyidan ketib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2022 yil 28 apreldagi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi V.Isaevga ayblangan moddalar sanksiyasi doirasida 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maxkamjon Abdubannabov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar