• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Non narhining oshgani bir tomondan juda yaxshi bo‘ldi!
Jamiyat

Non narhining oshgani bir tomondan juda yaxshi bo‘ldi!

  • 13.06.2022 / 16:47
  • 226
  • 0
111

Tahminan o‘n kuncha avval ahlatxonaga ahlat tashlagani kirib, to‘g‘risini aytsam ko‘zimga yosh keldi.

Bilasizmi nima uchun?

Аhlatxonadagi qutilarda uyilib yotgan nonlarni ko‘rib, nahotki shu darajaga yetib keldik, deb o‘ylanib qoldim va ahlatxonaga qaraydigan insonni chaqirdim. Ulardan bu nonlarni nima qilasizlar, deb so‘raganimda, ular menga ahlatdan ajratib, quritib qoplarga joylab qo‘yamiz va chorva boqadiganlar kelib, sotib olib ketishadi dedi. Naxotki shuncha nonni ahlatga tashlashsa, desam seni bu ko‘rib turganlaring o‘ndan biri, mana orqa tarafga o‘tgin ko‘rasan, deb qoplarga joylangan nonlarni ko‘rsatdi.

Hayratdan yoqa ushladim!

Shunda negadir nonni qimmat qilib qo‘ysa, bo‘lmasmikan shuncha non xor bo‘lmasmidi degan xayol kelgan edi.

Ilgari magazinlarda salafan paket tekin bo‘lgani uchun hamma joyni salafan bosib ketgan edi. Hozirda pullik bo‘lishi bilan bu holat kuzatilmay qo‘ydi. Non ham bugungi kunda xuddi shu holatga kelib ulgurgan. Qaerga qarama non, odamlar non qadriga yetmay qo‘ydi.

Bolaligimizda qo‘limizdan non ushog‘i tushib ketsa yoshi katta insonlar puflab ko‘zinga surtib yegin, deb o‘rgatishar edi. Аgar non eskirib qolsa uni to‘g‘rab, tuz sepib, duxovkada quritib qotgan non qilib yeb yurar edik. Biron marta nonni ahlatga tashlaganimizni eslay olmayman. Uyda non tugamagunicha yangisi olib kelinmas edi, hozirgilar esa tepib o‘tib ketadigan, ahlatga tashlaydigan bo‘ldi.

Ilgari eshik taqillatib tilanchi kelsa, pul emas qo‘liga non berilar edi, mana seni rizqing deb. Hozirgi tilanchilarga non bersangiz olmasdan yuzini burib, ensasini qotirib teskari o‘girilib ketadi.

Shuning uchun bir tomondan nonni narhi oshgani ham yaxshi bo‘ldi, shoyad shu bohona isrofgarchilik kamaysa.

Xulosa o‘zingizdan!

FBdan olindi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar