
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish va mazkur holatlarning oldini olish boʻyicha hududlarda oʻtkazilayotgan targʻibot va reyd tadbirlari yuzasidan “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori A.Saydaliyev hamda Buvayda tumani “Buvayda“ mahalla fuqarolar yigʻini faollari ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida, isteʼmolchilar oʻrtasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish borasida hududlarda reyd tadbirlari muntazam oʻtkazilib, aniqlanayotgan noqonuniy holatlar yuzasidan koʻrilayotgan choralar haqida mahalla faollariga maʼlumot berildi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 5 oyi davomida oʻtkazilgan reydlar davomida viloyat boʻyicha umumiy hisobda 3868 ta noqonuniy holatlar aniqlangan boʻlib, 12,3 mln soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.
Bugungi kunda sohadagi oʻzgarishlar, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari eng chekka hududlarda ham amalga oshirilayotganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar yurtimizda “inson qadri uchun” tamoyili asosida keng koʻlamli islohotlarning amaldagi ifodasi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
“Fargʻona HETK” AJ matbuot xizmati
Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!
Muhokama qoldirish
Muhokama qonun-qoidalari