• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Аndijonda yosh bolalarni o‘ldirgan shaxs ayol kishi ekani tasdiqlandi, u qo‘lga olingan
Huquq
Voqealar

Аndijonda yosh bolalarni o‘ldirgan shaxs ayol kishi ekani tasdiqlandi, u qo‘lga olingan

  • 21.06.2022 / 11:22
  • 53
  • 0
111

Kecha, Аndijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgani aytilgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Mamʼlum bo‘lishicha, jinoyatni fosh qilishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida mazkur jinoyat 1995-yilda tug‘ilgan, Izboskan tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, ushbu ayolning nomida bo‘lgan uyda 2022-yil aprel oyidan buyon qarindoshi (xolavachchasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (o‘g‘li 10 yosh, qizi 7 yosh) va buvisi bilan yashab kelishgan.

 Аyol xolavachchasi sabab oilasi buzilib ketgani uchun yuklarini o‘z uyiga olib kelmoqchi bo‘lganida xolavachchasi bunga qarshilik qilgani, unga uyni bo‘shatib qo‘yish haqida qo‘ygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.

Shunda ayol xolavachchasidan qasd olish maqsadida uni uyda yo‘qligidan foydalanib hamda buvisi ko‘z ko‘rish va qulog‘i eshitish qobiliyati pastligini bilgan holda 16 iyunь kuni uyga kelib, xolavachchasining 2 nafar farzandini qasddan o‘ldirib, jasadlarini uyni ayvon qismidagi polni tagidagi yerto‘laga yashirgan. Hozirda gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar