• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman
Huquq

So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman

  • 22.06.2022 / 17:51
  • 24
  • 0
111

56 yoshni qarshi olayotgan va shu yoshga yetguncha olti marta sudlanishga ulgurgan Munavvar Isakov biror ishning boshini tutmagani sababli qo‘shni davlatlarda mavsumiy ishchi bo‘lib ro‘zg‘or tebratar edi.

U yollanma ishchi sifatida Qozog‘iston Respublikasiga borgan vaqtida Turkiston viloyati Sariyakash tumanida yashovchi Amir Suleymanov ismli shaxs bilan tanishib qolgach, uning uyida yashab, dehqonchilik qila boshladi.

Avvaliga ishlari bir maromda ketayotgan va qora qozoni ham qaynab turgan edi, lekin o‘zining noto‘g‘ri qadami sabab Qozog‘iston Respublikasidan deportatsiya qilindi.

Oila mas’uliyati va bolalar tashvishini o‘ylab, bir ish topgunicha yana mavsum boshlandi.

Amir Suleymanov unga yana Qozog‘istonga kelish va dehqonchilikni davom ettirishni taklif qildi.

Munavvar Isakov «deport» bo‘lgani haqida aytgach, Amir Sulaymonov unga chegara sim to‘siqdan piyoda o‘tishni maslahat bera boshladi.

Munavvar Isakovga bu taklif yoqib, fuqarolik pasporti bilan belgilangan tartibda davlat chegara postlari orqali o‘tishni emas, aksincha, A.Suleymanov va uning do‘stlari yordamida To‘labek aholi punktidagi mavjud aylanma yo‘llar orqali piyoda harakatlanib "o‘zbek-qozoq" davlat chegarasini belgilab turuvchi sim to‘siqdan noqonuniy yo‘l bilan o‘tib oladi.

Qozog‘iston hududiga o‘tib olgach, 2019 yil mart oyidan 2021 yil avgust oyi boshlariga qadar yana o‘z ishini davom ettiradi.

Mavsum tugab uyiga qaytish payti kelganida esa u yana aylanma yo‘llar orqali Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tish rejasini tuzadi.

Munavvar Isakov "qozoq-o‘zbek" davlat chegaralariga kelib, "Botir" ismli shaxsning yordamida davlat chegaralarini kesib o‘tib, Qozog‘iston Respublikasidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga kirib kelgan vaqtda ushbu hududda xizmat olib borayotgan harbiy qism chegara harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olinadi hamda unga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, deganlaridek, uning bu qilmishi ham jazosiz qolmadi, albatta.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Bo‘lib o‘tgan sud mpjlisida unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

 

 A.Ergashev,

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar