• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Profilaktik hisobga olingan, janjalkash oila sifatida ro‘yxatga qo‘yilgan shaxslar bilan ochiq muloqot
Huquq

Profilaktik hisobga olingan, janjalkash oila sifatida ro‘yxatga qo‘yilgan shaxslar bilan ochiq muloqot

  • 30.06.2022 / 12:02
  • 390
  • 0
111

Jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan sudyalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish hamda inson manfaatlarini muhofaza qilishda qator ijtimoiy-siyosiy va huquqiy omillar muhim hisoblanadi.

Xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish maqsadida Farg‘ona shahar IIO FMB binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudьyalari muqaddam sudlangan shaxslar, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tayotgan va Probatsiya bo‘limi hisobida turgan shaxslar, IIO FMB tomonidan profilaktik hisobga olingan, janjalkash oila sifatida ro‘yxatga qo‘yilgan shaxslar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.

photo_2022-06-24_19-17-54

Muloqot davomida yuqoridagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilinishini oldini olish borasidagi profilaktik ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan maʼruzalar qilindi.

Shu bilan birga, ushbu shaxslarga ular tomonidan kelgusida qayta jinoyat sodir etilgan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

M.Аbdubannabov,

Farg‘ona shahar sudining sudyasi

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar