• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiyot
Biznes

Farg‘onada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga qaratilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi

  • 06.07.2022 / 15:20
  • 437
  • 0
111

Energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Farg‘ona politexnika institutida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi, Farg‘ona politexnika instituti, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona hududiy bo‘limi hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hamkorlikda elektr energiyasini isteʼmol qiluvchi isteʼmolchilari uchun muqobil energiya resurslaridan foydalanish loyihalari, quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlik subʼektlari mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

photo_2022-07-05_14-39-17

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tashkil etilgan ko‘rgazmada energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalaridan foydalanishni joriy etish yuzasidan viloyatdagi yirik sanoat korxonalari mutaxassislari, ishbilarmon va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

photo_2022-07-05_14-46-33

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlar va isteʼmolchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida sohasidagi imtiyozlar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

photo_2022-07-05_14-39-37

Maʼlumot o‘rnida, davlat rahbari tomonidan 2030 yilga qadar respublika miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining solishtirma ulushini 25 foizgacha bo‘lgan qismini qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali amalga oshirish talabi qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu sohada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar