• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport Mohirlar, epchillar bahsi
Sport

Mohirlar, epchillar bahsi

  • 07.07.2022 / 19:00
  • 845
  • 0
111

Farg‘ona viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi tashabbusi bilan badiiy va sport gimnastikasi yo‘nalishida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda 20008-2017 yillarda tug‘ilgan qiz bolalar mohirlik va epchillik borasida o‘zaro kuch sinashdi.

Qiz bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning badiiy va sport gimnastikasi turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvlar qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Yuzlab iqtidorli yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan qiziqarli musobaqada Nodira Shodieva, Shukrona Abdumalikova, Dilnoza Omonjonova hamda Mavluda Marufjonovalar shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy olishdi.

G‘olib va sovrindorlar “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

viloyat boshqaruvi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar