• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Quvasoyda kamomadni yashirish maqsadida “yolg‘on xabar” bergan 1-XBET ishqibozi ushlandi
Huquq

Quvasoyda kamomadni yashirish maqsadida “yolg‘on xabar” bergan 1-XBET ishqibozi ushlandi

  • 15.07.2022 / 18:32
  • 247
  • 0
111

Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro H.J IIBga murojaat qilib, 2022-yil 30-mart kuni nomaʼlum shaxs X.Olimjon mahallasi hududida joylashgan kompyuter xizmati servisida ishlashini aytib, xizmat ko‘rsatishi uchun xizmat haqqini plastik kartasiga o‘tkazib berishini aytgan. Shunda fuqaro bank plastik kartasi raqamini bergan paytda, kartada bo‘lgan jami 552.750 so‘m pullarini yechib olganligini, holatga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘ona viloyati IIB TQXB xodimlari va Quvasoy shahar IIB JQB hodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, fuqaro H.J o‘zi ishlab kelayotgan paynet shaxobchasiga tegishli bo‘lgan 552.750 so‘m pullarni 1-XBET ilovasi orqali ishlatib yuborgan. Paynetdagi kamomadni yashirish maqsadida IIBga murojaat qilib, yolg‘on xabar berganligi aniqlanib, jinoyat ishi bo‘yicha H.J Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Аxborot xizmati xabarida.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar