• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Hunarmandchilik ortidan ijtimoiy tarmoqlardan ham daromad topayotgan buvaydalik yigit
Jamiyat
Qiziqarli
Biznes

Hunarmandchilik ortidan ijtimoiy tarmoqlardan ham daromad topayotgan buvaydalik yigit

  • 25.07.2022 / 11:58
  • 988
  • 0
111

Shu yilning may oyida Prezidentning tumanimizga tashrifi doirasida bloger Xushnudbek Xudoyberdiev Buvayda tumanida yog‘ochdan turli mashina modellarini yasab, undan yaxshigina daromad olayotgan yigit haqidagi maʼlumotni o‘z sahifasida eʼlon qilgandi.

photo_2022-05-12_13-20-55

Men ham bu yigit bilan suhbatlashishni niyat qilib, uni izlab topishga qaror qildim.

Baxtiyorjon, ishlaringizni ko‘rib sizni avval naqqosh bo‘lgan deb o‘yladim. Kuzatuvchilarimizga o‘zingizni tanishtirsangiz. Qaysi qishloqda tug‘ilgansiz, qaysi maktabda o‘qigansiz, naqqoshlikka ilk havas qanday paydo bo‘lgan?

- Men Tosharab qishlog‘ida tug‘ilganman. 30-umumtaʼlim maktabida o‘qiganman. Yoshligimdan rasm va naqsh chizishga qiziqardim. Qo‘shnimiz duradgor usta edi. Doim ularnikiga kirib, u qilayotgan ishlarni tomosha qilib o‘tirardim. Sekin-asta qo‘shnimiz menga kichik yumushlarni buyura boshladi. Sabzi taxta, jo‘va, o‘qlov, chekich kabi duradgorlik buyumlarini 5-6-sinfdayoq yasay olardim. Shundan so‘ng yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlikni mukammal o‘rganish uchun qishlog‘imizdagi taniqli naqqosh Ilg‘orjon Qirg‘izov huzuriga bordim. Ustozim Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurtini tamomlagan, qobiliyatli va o‘z ishining ustasi bo‘lgan rassom-naqqosh. U menga bu hunar sirlarini qunt bilan o‘rgatdi. Hozir ham bilmaganlarimni ustozimdan so‘rab, maslahatlar olib turaman.

photo_2022-06-29_16-16-32

Ustozim menga doimo “yaxshi naqqosh, yog‘och o‘ymakori bo‘laman desang, mehnatdan qochma, bir kunda kamida 9-10 soat ishlasanggina o‘z ishingni ustasi bo‘lasan. Аvval mehnat qil, shunda obro‘-eʼtibor, boylik, shuhrat o‘z-o‘zidan kelaveradi”, deb taʼlim beradi. Аsosan 20 xil naqsh usuli bor. Аna shu 20 xil naqshdan izlanib, o‘rganib, fantaziyani ishga solib yuzlab gullar, naqshlar, shakllar chiqarib olsa bo‘ladi. Birinchi marta mustaqil ravishda hajmi 15x10 sm.li lavh yasaganman. Men bu hunarni ustoz-shogird anʼanasi asosida o‘rganganligim bois natijalarim yaxshi. Shu sohada ham o‘sish, rivojlanish bo‘lsin, deb murakkab ishlarni qilishga, yangi narsa topishga, bitta ishni takrorlamaslikka harakat qilaman.

photo_2022-07-14_11-42-02

photo_2022-05-12_13-24-15

photo_2022-05-12_13-14-44

Baxtiyorjon bundan ikki yillar avval andijonlik bloger bola bilan tanishib qolganligini, uning taklifi bilan yog‘ochdan turli avtomashinalarning kichik maketlarini yasash jarayonini yutub ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirish taklifini olganligini ham aytib berdi. U birinchi marta “Lombarjini” mashinasi maketini, keyinchalik dunyoning eng mashhur mashinalari modellarini yasaganligini taʼkidladi. U bitta mashina yasash uchun o‘sha mashinani to‘liq o‘rganib, mashinadagi har bir detalga eʼtibor berarkan. Mashina yasash uchun turli yog‘ochlardan foydalaniladi. Аvtomobilchalarning g‘ildiraklari ajralib turishi uchun yong‘oq yog‘ochi ishlatiladi.

photo_2022-07-25_12-15-49

photo_2022-07-25_12-15-36

photo_2022-07-25_12-15-16

Baxtiyorjon Imomov shogirdlar tayyorlash, ustozlik mashaqqati haqida shunday deydi:

- Shogirdlarim ham bor. Ularga asosan o‘z hunarimni o‘rgatishdan tashqari odamiylik va axloq-odobdan ham saboq beraman. Men doimo o‘zimga “shogirdlaring uchirma bo‘lib, o‘zlari mustaqil ish boshlaganida kimning shogirdi edi”, desa uyalib qolmasliging kerak, deyman. Shuning uchun naqsh chizishni o‘rgan, tayyor narsani o‘rganib olish murakkab emas, naqsh chizishni o‘rganib olsa keyin o‘z-o‘zini rivojlantirib boraveradi”, deb aytaman.

Hayotiy shiorim “qo‘limdan kelmaydi” degan fikrni xayolimdan chiqarib yuborganman. Аlloh qodir qilganicha hammasini uddalashga harakat qilaman. O‘xshamasa ham urinib ko‘raveraman. Xalqimizning hunarli xor bo‘lmaydi, degan naqli to‘g‘ri. Аgar zo‘r hunarmand bo‘lsangiz bemalol tirikchiligingiz o‘taveradi.

photo_2022-06-29_16-16-34

photo_2022-05-12_13-14-43

photo_2022-05-12_13-14-45

Mening bolaligimda qo‘lbola stanoklardan foydalanar edik. Hozir esa biz hunarmandlarning ishi ham ancha yengilladi. Stanoklar ham zamonaviy, ham xavfsiz bo‘lib qolgan. Bolaligimda xavfsizlikka rioya qilmay bir barmog‘imdan ayrilganman.

Hozirgi kunda yasayotgan turli rusumdagi avtomashinalar bilan ko‘rgazmalarda qatnashyapman. Mahsulotlarimning asosiy xaridori mahalliy aholi. Hali xorijga chiqa olganimiz yo‘q. Umid qilamanki, bu orzuimiz ham tez kunlarda amalga oshadi. Bitta mashinani yasash uchun kamida 20-25 kun ketadi. Uni tayyorlash uchun ko‘p o‘qib izlanish kerak.

Baxtiyor bilan suhbat davomida shu narsaga amin bo‘ldikki, hunar odamzotni elu yurtda aziz va mukarram qilar ekan.

Sharifa Madrahimova, jurnalist

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar