• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Pensiyalar va nafaqalar miqdorlari oshirildi, fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalar hisobdan chiqarildi
Huquq

Pensiyalar va nafaqalar miqdorlari oshirildi, fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalar hisobdan chiqarildi

  • 26.07.2022 / 18:24
  • 314
  • 0
111

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 29-aprelda “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-128-son farmon qabul qilindi.

Mazkur Farmon aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlashga, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning daromadlarini inflyatsiya darajasiga qarab indeksatsiyalab borish hamda tegishli ijtimoiy toʻlovlar miqdorining minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlmasligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xususan, Farmonga asosan 2022-yil 1-maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirildi.

2022-yil 1-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 soʻm;

- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 633 000 soʻm;

- nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 soʻm;

- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 698 000 soʻm;

- 1941-1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 soʻm;

- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan) 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 soʻm etib belgilandi.

Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlmagan miqdorlarda belgilash maqsadida 2022-yil 1-maydan boshlab:

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm;

- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 soʻm;

- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 185 000 soʻmdan qoʻshilsin;

- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlansin.

Farmonning yanada ahamiyatli jihati shundaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli ogʻirlashishining oldini olish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2022-yil 1-aprelga qadar nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun maʼlumotlarning xato taqdim etilishi, kiritilishi va texnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalar hisobdan chiqarildi.

Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-noyabrga qadar davlat pensiyalari miqdorlarini har yillik inflyatsiya darajasida qayta hisoblash (oshirib borish) tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

 

Fayzullo Mamajonov,

Bagʻdod tumani adliya boʻlimi boshligʻi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar