• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Fargʻona viloyat sudi 15 sutkaga qamalgan blogerlar ishi yuzasidan izoh berdi
Huquq

Fargʻona viloyat sudi 15 sutkaga qamalgan blogerlar ishi yuzasidan izoh berdi

  • 26.07.2022 / 22:32
  • 336
  • 0
111

Fuqaro K.Axmedov 2022-yil 26-iyun kuni diniy adovatni targʻib qiluvchi materialni yozib tayyorlagan va uni “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi oʻz sahifasida eʼlon qilgan. Shuningdek, O.Xaydarov 2022-yil 26-iyun kuni K.Axmedov tomonidan eʼlon qilingan diniy adovatni targʻib qiluvchi materialni “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi oʻz sahifasiga joylashtirib, diniy adovatni targʻib qiluvchi materialning yanada kengroq tarqalishiga koʻmaklashgan.

K.Axmedov va O.Xaydarovning bu xatti-harakatiga nisbatan Qoʻqon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, ularning har ikkisi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 184-pr-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topilgan va qonuniy jazo tayinlash uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining 2022-yil 22-iyuldagi qaroriga asosan K.Axmedov va O.Xaydarov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 184-pr-3-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topilib, ularning har ikkisiga nisbatan 15 (oʻn besh) sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, huquqbuzarlar: K.Axmedov va O.Xaydarovdan qamoqda saqlangan kunlari uchun qamoq xarajatlari uchun 675.000 soʻm miqdorida pul mablagʻi undirilishi belgilangan.

Sud qaroridan norozi boʻlib, K.Axmedov va O.Xaydarov tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati 2022-yil 24-iyul kuni Fargʻona viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilgan. Apellyatsiya instansiyasining qaroriga koʻra jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining 2022-yil 22-iyuldagi qarorining O.Xaydarovga oid qismi bekor qilinib, qoʻshimcha surishtiruv harakatlarini oʻtkazish uchun Qoʻqon shahar IIBga yuborilgan.

O.Xaydarov 2022-yil 24-iyul kuni soat 19:30dan qamoqdan ozod qilinib, ikki sutka maʼmuriy qamoqda saqlangan kuni uchun 90.000 soʻm qamoq xarajatlari undirilishi belgilangan.

Qarorning qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan. 

K.Axmedovning apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Taraflarga Fargʻona viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 24-iyuldagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkinligi tushuntirilganligi maʼlum qilinadi.

Teglar:

#Bloger #qamoq #sud

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar