• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha eng ko‘p holat Marg‘ilonda aniqlangan
Iqtisodiyot

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha eng ko‘p holat Marg‘ilonda aniqlangan

  • 28.07.2022 / 12:32
  • 109
  • 0
111

Farg‘onada 6 oy davomida 14 mlrd so‘mga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Elektr energiyasi bugungi kunda hayot tarzimizning ajralmas bo‘lagi, dastyori desak adashmaymiz. Biroq, ayrim isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanib olish va foydalanish holatlari uchrab turibdi.

“Farg‘ona HETK” АJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning 6 oyi davomida viloyat bo‘yicha 4 ming 157 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, mazkur holatlar uchun 13 mlrd 935 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Shundan, aholi isteʼmolchilari tomonidan 2 ming 875 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan to‘lash uchun umumiy 3 mlrd 374,1 mln so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari, ulgurji isteʼmolchi (yuridik shaxs)lar tomonidan 1 ming 282 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 10 mlrd 560,9 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Eng ko‘p noqonuniy holatlar Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Buvayda, Toshloq hamda Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog‘idan uzilmoqda.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan asosiy maqsad - elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga butunlay barham berish va isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashdan iborat.

Joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shu o‘rinda, elektr energiyasi isteʼmolchilaridan bugungi kunda elektr energiyasidan qonuniy, oqilona va samarali foydalanishlarini so‘rab qolamiz.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar