• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Qashqadaryoda hokim “Yashil makon” bahonasida tadbirkorni “uxlatdimi”?
Iqtisodiyot
Biznes

Qashqadaryoda hokim “Yashil makon” bahonasida tadbirkorni “uxlatdimi”?

  • 28.07.2022 / 21:41
  • 481
  • 0
111

Ketmon, belkurak hamda boshqa qishloq xoʻjalik anjomlariga dasta (sop) yasash bilan shugʻullanadigan qashqadaryolik tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida bankka kredit soʻrab boradi. Bank hokimiyatga roʻpara qiladi. Hokimiyat esa qandaydir dasturlarni vaj qilib, “Lider tadbirkor” boʻlishing kerak deydi. Buning uchun alohida firma ochadi, talab qilingan ishlarni qiladi.

Hadeganda kreditdan darak boʻlavermagach, tuman hokimligidan, viloyat hokimligiga chopadi. Koʻp marta bordi keldilardan sarson boʻlgan tadbirkor 2021-yilning qish oylarida bizning tahririyatga murojaat qiladi. 

Murojaatni oʻrganish maqsadida Qashqadaryoga bordik. Viloyatning Yakkabogʻ tumanida yashovchi tadbirkorning ishlari, uy-joylari, sharoitlari bilan tanishib, viloyat hokimligi tomon yoʻl oldik. 

Ayni paytda Chiroqchi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodir aka Erkayev oʻsha paytda viloyat hokimi oʻrinbosari edi. Tadbirkor bilan u kishining qabuliga kirdik. Uzoq muddat gaplashdik. Hokim oʻrinbosari tadbirkorga bir nechta variantlarni taklif qildi. Xullas yordam berishga vaʼda berdi. 

Shundan keyin biz vodiyga qaytdik, orada tadbirkor bilan telefon orqali bogʻlanib turdik. Boshqa ish bilan Qashqadaryoga borganda ham hokim oʻrinbosariga mazkur masalani yana eslatdik. Ishlar sal oldiga siljigandek boʻldi. 

Oradan 8 oy oʻtib, tadbirkor yana murojaat bilan chiqdi. Bilsak hali ham ishi bitmagan. Viloyatdagi masʼullar unga endi korporatsiya tashkil qilishni aytadi. Shu yilning mart oyida viloyat hokimi tol daraxtlari ekish uchun Yakkabogʻ tumani hududidan yer ajratish hamda loyihani amalga oshirish uchun 300 mln. kredit ajratish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriq bergan. 

IMG_20220728_212418_332

Quyidagi masʼullar esa topshiriqni “qoyillatib” bajarishgan. Buni murojaatchining soʻzlaridan ham bilish qiyin emas. 

- Hurmatli “kottakonlar” soʻzingizni ustidan chiqmasangiz, soʻz bermang! Sizning ogʻzingizdan chiqqan gap oddiy fuqaro uchun qonun, bilsangiz agar.

Vodiy24.uz tahririyati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar