• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onada “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti ish boshladi
Iqtisodiyot

Farg‘onada “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti ish boshladi

  • 29.07.2022 / 11:14
  • 482
  • 0
111

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasida “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti o‘z faoliyatini boshladi. Bojxona posti xizmat faoliyati bo‘yicha bu yerda jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani hamda post bilan yaqindan tanishish bo‘yicha press-tur tashkil etildi.

photo_2022-07-29_11-11-52

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti boshlig‘i Sherzod Karimovning aytishicha, rasmiylashtiruvchi xodimlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari hamda nazorat postlaridagi ko‘rik xodimlari bilan aloqa qilish maqsadida videoaloqa va IP telefonlari o‘rnatilib, muloqot ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgani bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanayotgan vaqt sezilarli darajada qisqardi.

Endilikda bu yerda tadbirkorlar tomonidan barcha bojxona yuk deklaratsiyalari masofaviy taqdim etiladi hamda bojxona xodimlari tomonidan ham shunday tartibda rasmiylashtiriladi. Аmaliyotga joriy etilayotgan bunday qulayliklar yurtimiz tadbirkorlari manfaatiga xizmat qilib, eksport va import operatsiyalarining bir necha daqiqalar ichida rasmiylashtirilishiga erishilmoqda.

photo_2022-07-29_11-11-49

Bundan tashqari press-turda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron bojxona yuk deklaratsiyalari masofadan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi tushuntirildi.

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarini tashkil etilishi natijasida:

- bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarida tadbirkorlar bilan muloqotni cheklash orqali korruptsiyani oldi olishga;

- bojxona rasmiylashtiruvi vaqti keskin qisqartirishga;

- ish faoliyatini samarali tashkil etishga;

- deklaratsiyalarning umumiy markazlashgan holda taqsimlanishiga;

- bojxona nazorati va rasmiylashtiruvida tartib-taomillar birxillashtirishga;

- Bojxona qiymati va tovarning klassifikatsiyasini markazlashgan nazoratini amalga oshirishga erishildi.

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarining tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadlardan biri bojxona sohasini ochiqlik, shaffoflik hamda ishonchlilik tamoyillari asosida korruptsiyadan holi tizimga aylantirishdan iboratligi, shuningdek tizimda korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i O.Qodirov tomonidan maʼlumot berib o‘tildi.

photo_2022-07-29_11-11-46

“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postining tashkil etilishi bilan bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanayotgan vaqt importda 20 foizga, eksportda esa 10 foizga qisqardi.

Shu kunga qadar mazkur bojxona posti tomonidan 18 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi. Аyni kunda bu yerda 20 nafar xodim ish olib bormoqda. Postda ayni kunlarda kunu tun xizmat olib borilib, sutka davomida o‘rtacha 200 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilmoqda.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar