• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Buyog‘i qiziq bo‘ldi-yu! «Bank masʼuli fuqarodan tirikligini tasdiqlovchi hujjat so‘rab to‘g‘ri qilgan»
Jamiyat
Qiziqarli

Buyog‘i qiziq bo‘ldi-yu! «Bank masʼuli fuqarodan tirikligini tasdiqlovchi hujjat so‘rab to‘g‘ri qilgan»

  • 29.07.2022 / 15:06
  • 611
  • 0
111

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida bank masʼuli kredit olish niyatida borgan suhbatdoshidan tirikligini isbotlovchi hujjat so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi. «Аgrobank» axborot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, tirik insondan shu mazmundagi hujjat talab qilinganini tasdiqladi.

Maʼlum qilinishicha, Аnvar Javharov kredit olish maqsadida bankning Qarshi shahar filialiga 2021-yilda murojaat qilgan.

«Ushbu murojaatga asosan bankning kredit maʼlumotlar bazasi orqali fuqaroga doir maʼlumotlar tekshirilganda uning vafot etganligi qayd etilgani aniqlangan. Bunga ushbu fuqaroning uzoq yillar davomida o‘zi haqida biror-bir xabar bermasdan Rossiya Federatsiyasiga ketib qolganligi, turmush o‘rtog‘i esa o‘rtalaridagi mol-mulkni sotish maqsadida uning vafot etganligi haqida noto‘g‘ri maʼlumot tarqatib, davlat notarial idorasi tomonidan ushbu maʼlumot tasdiqlanganligi sabab bo‘lgan.

Shuning uchun bank masʼuli uning tirikligini (FHDYo idoralaridan uning nomiga o‘lganligi haqida guvohnoma berilmaganligi va yashash manzili MFY va IIB pasport bo‘linmasidan ushbu fuqaro aynan Аnvar Javharov ekanligini) tasdiqlovchi maʼlumotlarni so‘ragan va huquqan bank masʼulining harakatlari to‘g‘ri bo‘lgan», — deyiladi bank axborot xizmati tarqatgan rasmiy munosabatda.

Bank masʼullari, shuningdek, Fuqarolik kodeksi talablariga ko‘ra, fuqaro Аnvar Javharov yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash tartibi asosida o‘zining tirikligi faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi lozimligi va sud tomonidan ushbu ariza qanoatlantirilgach, uning barcha mulkiy huquqlari qayta tiklanishi, kredit olish masalasi ijobiy hal qilinishi mumkinligini taʼkidlagan.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar