• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Fan va ta'lim Vodiy viloyatlari professional ta’lim muassasalari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi
Fan va ta'lim

Vodiy viloyatlari professional ta’lim muassasalari uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

  • 29.07.2022 / 22:20
  • 528
  • 0
111

Beshariq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida professional ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha vodiy viloyatlari – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari professional ta’lim muassasalari direktorlari va ularning moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida hududiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hududiy seminarlar o‘tkazish grafigiga asosan o‘tkazilgan mazkur tadbir  ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarining borishi, bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, budjetdan tashqari mablag‘ topish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rgazmali tarzda tashkil etildi. Seminarda viloyatdagi yirik ish beruvchi korxonalar rahbarlari, tadbirkorlar, viloyat bandlik boshqarmasi va hunarmandlar uyushmasi mutasaddilari ham qatnashishdi.

Viloyatimizdagi barcha kasb-hunar maktablari va kollejlar tomonidan turli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan innovatsion loyihalar, erishilgan yutuqlar, o‘quvchilarning ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishtiroki namoyish qilindi. Ta’lim muassasalarida baliqchilik, tikuvchilik, asalarichilik, kulolchilik, yog‘och-o‘ymakorlik, slesar-tokarlik, payvandlash, poyafzal tikish, dizayn va sartaroshlik kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidan jonli lavhalar seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Hududiy seminar ishida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, Beshariq tuman hokimi R.Jo‘rayevlar ham ishtirok etishdi. Sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilar bir-biri bilan fikr almashishdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar