• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq «Tuz ishi»da tuzsiz «ish» qilishdi...
Huquq

«Tuz ishi»da tuzsiz «ish» qilishdi...

  • 02.08.2022 / 09:12
  • 483
  • 0
111

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga Toshkent shahrida joylashgan “ORZU OSH TUZI” MChJ shikoyat ariza bilan murojaat qildi. Gap shundaki, jamiyatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan «ORZU» savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tuz mahsuloti dizayniga o‘xshash «QORTUZ” nomli tuz mahsuloti ishlab chiqarayotganlik holati yuzasidan tegishli chora ko‘rishni so‘ragan.

Murojaatni o‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyatida joylashgan “A.T” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “QORTUZ” nomli tuz mahsuloti qadog‘ida foydalanilgan so‘zlarning yozilishida “QORTUZ” so‘zining “ORTU” harflarini qizil rang bilan ajratib yozilganligi, “QORTUZ” so‘zidagi “T” harfi “Z” shakliga o‘xshatib tasvirlanganligi, “U” harfining o‘ng tarafida shu’lalar tasviri, yozilish uslubi, shrift turi, joylashgan joyi va hoshiyada yulduz shaklining mavjudligi, foni va boshqalarga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan hamda muhofaza qilinayotgan “ORZU OSH TUZI” MChJga tegishli bo‘lgan tovar belgisiga grafik va tasviriy jihatdan iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tuz mahsulotlari ishlab chiqarganlik fakti tasdiqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.

Sud Farg‘ona viloyatida joylashgan “A.T” MChJ rahbari “A.K”ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.

 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar