• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Andijonlik yigitning Toshkentda daraxtga osilgan holatda topilgan oʻlimi haqiqatlari
Jamiyat
Voqealar

Andijonlik yigitning Toshkentda daraxtga osilgan holatda topilgan oʻlimi haqiqatlari

  • 07.08.2022 / 18:57
  • 556
  • 0
111

Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Angren shahrida kaltaklab oʻldirilib, daraxtga osib ketilgan yigit voqeasi boʻyicha ham jimlik! Toshkent viloyati Angren shahriga kirishda bir tomonlama harakatga ruxsat berilgan yoʻlning chekkasida 18-iyul kuni yosh yigit katta ehtimol bilan kaltaklab oʻldirilgan va daraxtga osib ketilgan” sarlavhali xabar tarqalgan edi.

Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 19-iyul kuni taxminan soat 06:30 larda Ohangaron tumani Ichki ishlar boshqarmasiga navbatchilik qismidan xabar kelib tushgan.

Unda A-373 avtomobil yoʻlining Ohangaron tumani Alisher mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oʻtgan qismida yoʻl yuzining chet qismida joylashgan daraxtga Andijon viloyati Boʻz tumani Nasriddinbek MFYda yashagan1995-yilda tugʻilgan M.Y. ning murdasi boʻyin sohasidan daraxtga osilgan holatda topilgani maʼlum boʻlgan.

Angren shahar STEning dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, M.Y.ning oʻlimiga boʻyin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab boʻlgan, tanasida esa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Holat yuzasidan marhumga tegishli uch dona uyali aloqa telefoni, shaxsiy buyumlari koʻzdan kechirish jarayonida olingan boʻlib, Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda, deyilgan edi xabarda. 

Ikki kun avval marhumning oila aʼzolari tomonidan tahririyatimizga murojaat qilindi. Ularning aytishicha, voqea aslida boshqacha boʻlgan.

Toʻliq tafsilotlarni videoda koʻrishingiz mumkin.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar