• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Xayriya tadbirlari: Inson qadri uchun xizmat qiladi
Jamiyat

Xayriya tadbirlari: Inson qadri uchun xizmat qiladi

  • 08.08.2022 / 11:46
  • 406
  • 0
111

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan qatlamiga har jihatdan ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Zero, yiqilganni suyash, yordam qo‘lini cho‘zish, savob uchun xayru ehson qilish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan sanaladi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat hamda tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida viloyatdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz qariyalar, chin yetimlar, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan 480 ta oilalarga jami 168 mln. 732 ming so‘mlik yordamlar ko‘rsatilgani fikrimiz dalilidir. Jumladan, 4 nafar fuqaroga 5 mln. 600 ming so‘mlik nogironlik aravachasi, 372 ta oilaga 76 mln. 782 ming so‘mlik oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari, 104 nafar fuqaroga 86 mln. 350 ming so‘m pul ko‘rinishida moddiy yordamlar ajratildi.

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 213-F-sonli farmoyishiga asosan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqami tashkil qilingan edi. Viloyatimizdagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamiga joriy yilning 6 oyi davomida 15 mlrd. 879 mln. so‘m mablag‘ kelib tushdi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. – Xalq deputatlari kengashi qarori va tasdiqlangan ro‘yxatlarga asosan, 20528 nafar ehtiyojmand oilalarga 10 mlrd. 756 mln. so‘m, “Temir daftar”ga kiritilgan 7294 nafar oilalarga 4 mlrd. 296 mln. so‘m, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 660 nafar ayollarga 290 mln. so‘m moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, xayriya tadbirlari davomida xalqimizning uyushqoqligi, hashar yo‘li bilan ko‘makka intilishi namoyon bo‘ladi. Axir, “Birniki mingga, mingniki tumanga” degan naql bejiz aytilmagan.   

Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan viloyat hamda shahar va tuman bo‘linmalari xisob raqamlariga tushgan pul mablag‘larining taqsimot asosida, maqsadli sarflanishi esa bu ezgulikning davomi sifatida ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi № 199-F sonli Farmoyishiga asosan o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari munosabati bilan fondning bo‘lim va bo‘linmalariga tushgan mablag‘larni manzilli va maqsadli sarflash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi 01-33/1-533-sonli majlis bayoni hamda Respublika boshqaruvining 2022 yil 22 iyuldagi 134-sonli boshqaruv qarori bilan sarf-xarajatlar taqsimoti tasdiqlangan.

– Xayriya hashari munosabati bilan tushgan pul mablag‘laridan “Nuroniy” jamg‘armasiga 10% (450,7 mln. so‘m), “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasiga 10% (450,7 mln. so‘m), fuqarolar yig‘ini raislariga bir marta to‘lanadigan moddiy yordam uchun 153,8 mln. so‘m ajratildi, – deydi O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Dilshodbek Usmonov. – Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mebel jihozlari bilan ta’minlash uchun 239,6 mln. so‘m, mahallalardagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining yoz mavsumida oromgohlarda hordiq chiqarishlari uchun 34,3 mln. so‘m, fuqarolar yig‘ini raislari saylovini  o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya va ishchi guruhlarni qonun va qonunosti xujjatlari kiritilgan to‘plam bilan ta’minlash xarajatlari uchun 27,7 mln. so‘m, bayramlar va alohida sanalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish uchun 71,1 mln. so‘m yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, voyaga yetmagan yetim bolalar, yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolardan tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida moddiy yordam ko‘rsatish uchun 93,8 mln. so‘m, “Muruvvat” va “Saxovat” uylaridagi keksalar va ehtiyojmand fuqarolarni hamda sport tadbirlari qatnashchilarini kiyim-kechak mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 50,0 mln. so‘m, ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni sog‘lomlashtirish uchun 50,0 mln. so‘m mablag‘lar sarflandi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan moddiy va ma’naviy ko‘mak, qo‘llab-quvvatlash ishlari yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor bo‘lgan islohotlarning yorqin namunasidir.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

Farg‘ona viloyat bo‘limi matbuot xizmati.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar