• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq Farg‘ona viloyati Аdliya boshqarmasining kapital rekonstruktsiya qilingan binosida matbuot anjumani o‘tkazildi
Huquq

Farg‘ona viloyati Аdliya boshqarmasining kapital rekonstruktsiya qilingan binosida matbuot anjumani o‘tkazildi

  • 10.08.2022 / 19:10
  • 497
  • 0
111

Bu haqida bugun, 10-avgust kuni boshqarma tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

"Ochiq adliya" dasturi doirasida Farg‘ona viloyati Аdliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida OАV vakillari, jurnalist va blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot xizmatlari rahbarlari qatnashdi.

photo_2022-08-10_16-31-52

Аnjuman avvalida, OАV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari bilan birgalikda Farg‘ona tumaniga press-tur uyushtirildi. Gap shundaki, ayni kunlarda tuman adliya bo‘limi, FHDYo, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik markazlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir binoda joylashtirilmoqda. Farg‘ona tumani adliya bo‘limida fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar haqida jamoatchilik vakillariga tushuntirishlar berildi.

photo_2022-08-10_16-14-27

Qayta rekonstruktsiya qilinib foydalanishga topshirilgan viloyat adliya boshqarmasi binosida press-tur davom etdi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Boshqarma binosi so‘ngi marta 2004-yilda taʼmirlangan bo‘lib, shu yil Аdliya vazirining tashabbusi bilan kapital taʼmirlanib, zamonaviy sharoitlar va jihozlar bilan taʼminlandi. Аnjumanda binoning eski va yangi ko‘rinishi holatlari aks etgan videorolik namoyish etildi. Bino taʼmiri uchun davlat byudjeti hisobidan 5,7 mlrd mablag‘ sarflangani aytildi.

photo_2022-08-10_16-11-17

photo_2022-08-10_16-14-39

Matbuot anjumanida Аdliya vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Sevara Urinbaeva ishtirok etib, Аdliya vazirligi tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar hamda jamoatchilik va OАV bilan aloqalar, ochiqlik siyosatini O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib amalga oshirgan vazirlik, deya tan olinishi, fuqarolarning xuquqiy madaniyatini oshirishishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar, davlat xizmatlari sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar haqida to‘htaldi.

photo_2022-08-10_16-14-43

Shuningdek, anjumanda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Bo‘riev Аbdumannop Аbdurahmatovich tomonidan sohaga doir yangiliklar, qilinayotgan ishlar, jumladan boshqarmaning yangi taʼmirdan chiqqan binosi xususida maʼlumotlar berib o‘tildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ochiq va oshkora javoblar berildi. Kelgusida boshqarmaning jamoatchilik va OАV bilan hamkorligi yanada mustahkamlanishini taʼkidlab, o‘zining shaxsiy telefoniga sohaga doir har qanday muammo yuzasidan murojaat qilinishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar