• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Iqtisodiyot Farg‘onada uzum eksporti avjida
Iqtisodiyot

Farg‘onada uzum eksporti avjida

  • 17.08.2022 / 19:36
  • 489
  • 0
111

Ma’lumki, joriy yilda Farg‘ona viloyatida eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada eksportyor korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.      

Eksportni qo‘llab-quvvatlash hamda uni rag‘batlantirish maqsadida bojxona tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlar natijasida tadbirkorlar tomonidan eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlari bosqichma-bosqich soddalashtirilishiga erishildi.

– Bugungi kunda viloyatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining pishiqchilik mavsumi, ularni xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu borada bojxona organlari tomonidan bojxona postlarida, qolaversa, eksportga ko‘maklashish markazlari orqali eksportyorlarga kunu tun uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda, – deydi Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Vodiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi Muhiddin Mansurov.

2022 yilning o‘tgan davrida eksportga chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 80 foizi soddalashtirilgan tartibda yashil va sariq yo‘laklarda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi.

Shu kunlarda Oltiariq tumanida tashkil etilgan eksportga ko‘maklashish markazlari tomonidan uzum mahsulotlari eksporti kundan kunga ortib bormoqda. Hozirda tumandagi 20 ta eksportyor korxonalar ko‘magida kuniga o‘rtacha 500 tonna uzum eksportga jo‘natilyapti. Joriy yilning 7 oyida 6,4 million AQSh dollari miqdorida uzum mahsulotlari uzoq-yaqin xorij davlatlariga eksport qilib ulgurildi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan salkam 1 million AQSh dollariga ortgani quvonarlidir.  

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar