• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat Farg‘onada xalqaro yoshlar forumida chet davlatlardan ham yoshlar ishtirok etmoqda (foto)
Jamiyat

Farg‘onada xalqaro yoshlar forumida chet davlatlardan ham yoshlar ishtirok etmoqda (foto)

  • 19.08.2022 / 08:02
  • 551
  • 0
111

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ tomonidan o‘tkazilayotgan “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida yurtimiz yoqilg‘i-energetika korxonalari vakillari qatorida Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlardan ham yosh energetiklar ishtirok etmoqda.

photo_2022-08-19_00-49-30

photo_2022-08-19_00-48-48

photo_2022-08-19_00-48-49

18-22-avgust kunlari “Farg‘ona IEM” АJda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan forum O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida bo‘lib o‘tmoqda.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, yurtimizda amalga oshiralayotgan yoshlarga oid davlat siyosati tamoyillari ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish maqsadidao‘tkazilyapti.

Qolaversa, xabaringiz bor, joriy yilning 21-iyul kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvi”da nutq so‘zlar ekan, “Yoshlarimizning qarash va intilishlari o‘xshashligiga, ularning ulkan intellektual salohiyatiga yana bir bor amin bo‘ldik. Ularning ilg‘or tashabbuslari, kreativ yondashuvlari va startap loyihalarini bundan buyon ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim.Navbatdagi uchrashuvimizgacha yoshlarga doir siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim tayyorlashni taklif etamiz”, -deya taʼkidlagan edi.

Forum tashkilotchilari ayni jihatlarni eʼtiborga olgan holda unga alohida tayyorgarlik ko‘rishdi.

Dastavval, forum ishtirokchilari Marg‘ilon temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

photo_2022-08-18_14-45-26 (2)

photo_2022-08-18_14-45-26

photo_2022-08-18_14-45-25

photo_2022-08-18_12-04-12

photo_2022-08-18_12-04-10

Shundan so‘ng, ishtirokchilar Marg‘ilon shahrida joylashgan “Hunarmandlar” markazida, XVI asr o‘rtalarida qurilgan Pir Siddiq, xalq tili bilan aytganda “Kaptarli mazor” ziyoratgohida va Marg‘ilon shahridagi ijodkorlar bog‘iga yo‘l olishdi. Forum ishtirokchilari bu yerda xalqimiz suygan shoir Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo‘ydilar.

So‘lim vodiy oqshomida “Farg‘ona IEM” АJ forum ishtirokchilarini “Moziy va yoshlar” sanʼat va madaniyat festivaliga chorladi. Unda hududlardan tashrif buyurgan energetika korxonalari milliy taomlar ko‘rgazmasi, folklor chiqishlari va osh chempionatida o‘zaro bellashishdi.

photo_2022-08-19_10-21-25

photo_2022-08-19_10-32-56

photo_2022-08-19_10-21-27

photo_2022-08-19_10-21-30

photo_2022-08-18_17-39-03

photo_2022-08-18_15-42-53

photo_2022-08-18_15-41-59

Nufuzli hakamlar hayʼati jamoalarning ishtirokiga baho berib, g‘olib va sovrindorlarni aniqladi.

Xalqaro yoshlar forumining tantanali ochilish marosimi bayram shodiyonasiga aylandi.

photo_2022-08-19_00-49-18

photo_2022-08-19_00-49-30 (2)

photo_2022-08-19_00-49-19 (2)

photo_2022-08-19_00-49-20

photo_2022-08-19_00-49-31

photo_2022-08-19_00-49-19

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar