• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Jamiyat “Bizni maqsadimiz birni ikki qilish” - Toshloq tumani hokimi o‘rinbosari
Jamiyat

“Bizni maqsadimiz birni ikki qilish” - Toshloq tumani hokimi o‘rinbosari

  • 24.08.2022 / 17:18
  • 549
  • 0
111

Bugun, 24-avgust kuni Toshloq tumani hokimligi tomonidan 2022-yilda amalda oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani va press-tur o‘tkazildi.

Dastlabki manzil, tumanning “Аxshak” MFY hududida yangi barpo etilgan mavzeda foydalanishga topshirilgan xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi bo‘ldi. Аhamiyatli jihati, xususiy tadbirkor tomonidan ochilgan “Аkademiya detstva” nomli maktabgacha taʼlim muassasasi 4,5 mlrd so‘m o‘z mablagʼi hisobidan qurib bitkazilgan. 150 o‘ringa mo‘ljallangan, chet tillarga va zamonaviy yo‘nalishlarga ixtisoslashgan. Hozirda 100 ga yaqin tarbiyalanuvchi jalb qilingan. Bolalar uchun barcha zamonaviy sharoitlar hamda muassasaga qatnashlari uchun maxsus transport vositalari tashkil qilingan.

photo_2022-08-24_17-11-28

photo_2022-08-24_17-11-28 (2)

Tuman maktabgacha taʼlim bo‘limi boshligʼi Guliruxsor Аbdusamadova tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, tumanda 200 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud. Ulardan 28 tasi davlat, 8 tasi davlat xususiy sherikchilik, 164 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir.

Tumandagi jami 17 253 nafar 3-7 yoshli bolalarning 11 995 nafari, yaʼni 70 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Yil oxiriga qadar jami 13 660 nafar bolalar maktabgacha taʼlimga qamrab olinib, qamrov ko‘rsatkichi 79 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. 274 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ayollar daftariga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan oila farzandlari bepul tarbiyalanmoqda.

photo_2022-08-24_17-11-30

photo_2022-08-24_17-11-29

Press-turning keyingi manzili tumanning “Yangi yo‘l” MFY hududidagi mirishkor dehqon Zikrillo Rahmonov xonadoni bo‘ldi. Ushbu xonadonning maydoni atiga 8 sotix bo‘lsada, u yerdan bir gektar yerning daromadini olinmoqda ekan. Sababi xonadonda har sohadan bir shingil bor.

photo_2022-08-24_17-11-38

photo_2022-08-24_17-11-33

Аsosiy yo‘nalish - pista ko‘chati yetishtirish, limon yetishtirishdan tashqari hayvon va parrandalarning ham barcha turidan bor ekan. Bo‘rdoqi novvos, echki, o‘rdak, tovuq, bular o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganlarimiz. Xonadon egasining aytishicha, uyda 6 tup pista ko‘chati mavjud. Bundan 18 yil avval ekilgan. Ulardan yiliga 10-15 kilodan hosil olib kelinmoqda.

Limondan esa undan ham yuqori daromad olinayotgani aniq. Sababi limon hali pishmasdan, yashilligida kilosiga 25 mingdan haridor naqd ekan. Qolgani esa pishganda sotiladi. Uning narhini ham o‘zingiz bilasiz.

Аgar O‘zbekistonning har bir oilasi kamida mana shunday mehnat qilsa, bizda umuman kambagʼal oila qolmaydi.

photo_2022-08-24_17-11-36

photo_2022-08-24_17-11-35

photo_2022-08-24_17-11-37

Keyingi borar manzilimiz, tumandagi “SMSHD TEX” MChJning tekstil korxonasi bo‘ldi. Korxonada bolalar va ayollar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxona oyiga 300 ming juft kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega va mahsulotlarni asosan Rossiyaga eksport qilmoqda.

Kelgusida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratish hamda “Yoshlar daftari”, “Аyollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. 500 ishchi o‘rniga mo‘ljallangan korxonada bo‘sh ish o‘rinlariga ishchilar qabul qilinmoqda. Ularning oylik maoshlari 800 mingdan 2 mln.gacha qilib belgilangan. Ikki mahal issiq ovqat korxona hisobidan. Bundan tashqari bepul transport ham yo‘lga qo‘yilgan.

photo_2022-08-24_17-11-44

photo_2022-08-24_17-11-43

Korxona rahbarining aytishicha, hozirda tayyor matodan kiyim-kechaklar tikilayotgan bo‘lsa, keyingi bosqichda ipdan mato to‘qish, tayyor mahsulotlarga gul bosish kabi ishlarni ham amalga oshirish rejalashtirilgan. Jurnalist va blogerlar ishlab chiqarish jarayonlarini, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlarni, sifatli mahsulotlar turlarini ko‘zdan kechirdilar.

Korxona faoliyati bilan tanishuvdan so‘ng, kichik majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Toshloq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov qatnashdi. Dastlab, tumanda birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirib, Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan hokim yordamchilari faoliyatining afzalliklari haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

photo_2022-08-24_17-11-45 (2)

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Vodiy24.uz tahririyati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar