• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Siyosat Namangan shahar hududini qariyb 500 gektarga kengaytirish rejаlashtirilmoqda
Siyosat

Namangan shahar hududini qariyb 500 gektarga kengaytirish rejаlashtirilmoqda

  • 24.08.2022 / 17:53
  • 888
  • 0
111

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bugun, 24-avgustdagi majlisida ayni kunlarda «Namangan shahrida «Yangi Namangan shaharchasi» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha aholi turmush darajasi sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida Namangan shahrini istiqbolda «bir millionlik shahar»ga, ya’ni megapolisga aylantirish, xalqaro zamonaviy brendlar va yirik kompaniyalarning shaharga kirib kelishi, urbanizatsiya jarayonlari sezilarli darajada tezlashishi, shaharning «aqlli shahar» konsepsiyasi asosida boshqarish tizimi yaratilishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, Namangan shahrida bir yilda aholining o‘rtacha o‘sishi 30,3 ming kishini tashkil etishi hisobga olingan holda 2040-yilga kelib aholi soni tabiiy ravishda 1,2 mln. kishiga yetishi prognoz qilinmoqda.

Shu bois «Namangan  viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining, shuningdek, Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori loyihasi bilan Namangan shahrini «millionli shahar»ga aylantirish maqsadida unga chegaradosh bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumanidan 472,4 gektar yer maydonini qo‘shib berish, hududda «Yangi Namangan shaharchasi» zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilganidek, ushbu qarorning qabul qilinishi aholini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida shaharadagi mavjud savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, shuningdek maydoni 164,2 gektar bo‘lgan 4 ta kichik sanoat zonasida 41,0 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga erishiladi. 

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar