• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Huquq ​​Andijonlik qiz qozogʻistonlik taniqli ishbilarmonni 7 ming 400 dollarga chuv tushirdi
Huquq
Jahon

​​Andijonlik qiz qozogʻistonlik taniqli ishbilarmonni 7 ming 400 dollarga chuv tushirdi

  • 27.08.2022 / 15:43
  • 2337
  • 0
111

​​Andijonda yashovchi 25 yashar M.M. qozogʻistonlik taniqli ishbilarmon M.S.ning 7 ming 400 dollar mablagʻini internet orqali firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirgan. Bu xatti-harakatni u tadbirkorning ijtimoiy tarmoqlarda “oʻzini hech kim alday olmasligi” haqidagi chiqishlariga javob tariqasida amalga oshirganini taʼkidlaydi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekchadan tashqari rus, ingliz, fransuz tillarida ham erkin muloqot qila oladigan qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali taniqli insonlar, jumladan, qozoq tadbirkori M.S.ning chiqishlarini ham muntazam kuzatib borgan.Uning rossiyalik A.F. bilan oʻzaro yaqinligini bilgach, Rossiyadagi uyali aloqa kompaniyasiga tegishli telefon raqamda A.F. nomidan telegramda soxta akkaunt yaratadi. Soʻngra M.S. bilan yozisha boshlaydi.

Gap orasida fevral oyining oxirida amerikalik taniqli tadbirkor Uorren Baffet tomonidan Moskvada seminar-mashgʻulot oʻtkazilishi rejalashtirilayotganini, yakunda esa mazkur tadbirga chipta sotib olgan shaxslar bilan Baffet oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtishini, chipta narxi 650 dollar ekanini aytib, tadbirkorni ham taklif qiladi. Yolgʻon gaplarga laqqa tushgan M.S. esa 12 ta chipta uchun 7 ming 400 dollarni M.M.ning onasi nomiga ochilgan plastik kartaga oʻtkazib beradi. M.M. esa firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritilgan bu mablagʻni Andijon shahridagi bankomatlarning birida naqdlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Aldov “qurboni”ga aylangan xorijlik ishbilarmon shundan soʻng Oʻzbekistondan advokat yollab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga arz qiladi.

Mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi sudyasi Sardor Rasulov raisligida koʻrib chiqilib, M.M.ga har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. 

Bunda sud jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar toʻliq qoplangani hamda jabrlanuvchi vakilining daʼvosi yoʻqligini inobatga oldi.

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar