• USD
  • EUR
  • RUB
Sotib olish

10820.00

Sotish

10880.00

Bosh sahifa Sport “Mahalla”da sport musobaqalari o‘tkazildi
Sport

“Mahalla”da sport musobaqalari o‘tkazildi

  • 05.09.2022 / 15:02
  • 279
  • 0
111

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantrish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, fondning viloyat va shahar (tuman) bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat va shashka, arqon tortish, stol tennisi hamda darts sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Shaxmat va shashka sport turi bo‘yicha musobaqalarda fondning viloyat bo‘limi boshqaruvi iqtisodchisi Umurzakova Madinaxon – birinchi, Dang‘ara tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Usmonova Irodaxon – ikkinchi, fondning viloyat bo‘lim boshqaruvi sho‘ba mudiri Shabirov Orifjon – uchinchi o‘rinni egalladi.

Stol tennisi sport turi bo‘yicha bellashuvlarda Rishton tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Voxidov Dilshodjon – birinchi, Farg‘ona shahar bo‘linmasi katta buxgalteri Muxammadalieva Kamolaxon – ikkinchi, Uchko‘prik tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Mamaziyaev Muxammadoxun – uchinchi o‘rinni olishdi.

Darts sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada esa 1-o‘rinni Buvayda tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Muqimov Saminjon, 2-o‘rinni fondning viloyat bo‘lim boshqaruvi devonxona yetakchi mutaxassisi Usmonov Jamshidbek, 3-o‘rinni Quva tuman bo‘linmasi katta buxgalteri Muxammadjonov Xayrullo egalladi.

G‘oliblarga fondning viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi matbuot xizmati

Iqtibos, kun raqami, qiziqarli ovozli xabarlar va kun deyjesti - Telegram kanalimizda!

Muhokama qoldirish

Muhokama qonun-qoidalari


So'ngi Muhim Media Dolzarb yangiliklar